Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
28 aprel kuni dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi chorak yakunlari bo‘yicha sof foydasi 4,1 milliard yuanni (600 million dollar) tashkil etganini ma’lum qildi.
Foto: Qilai Shen/Bloomberg
Kompaniya hisobotida (.pdf) ko‘rsatilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55,4 foizga va 2022 yil ikkinchi choragidan beri eng kam ko‘rsatkichdir. Kompaniyaning chorakdagi umumiy daromadi 150,2 milliard yuanni (22 milliard dollar) tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 11,8 foizga kam.
Ekspertlar eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisining zaif ko‘rsatkichlarini, birinchi navbatda, Xitoyda to‘liq elektr va gibrid avtomobillarga bo‘lgan talabning pasayishi bilan izohlamoqda.
The Wall Street Journal Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga tayanib ta’kidlaganidek, Xitoyda elektr va gibrid avtomobillar savdosi faqat yanvar oyida 20 foizga kamayib, 596 ming donani tashkil etdi, bu 2024 yil fevral oyidan beri sotuvlarning birinchi pasayishi bo‘ldi.
Bu holat Xitoyda elektr va gibrid mashinalarni sotib olish uchun davlat subsidiyalari muddati tugaganligi fonida kuzatilmoqda. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2026 yil boshida yangi energiya manbalarida ishlaydigan avtomobillar uchun soliq imtiyozlarining bosqichma-bosqich bekor qilinishi iste’molchilarni kutishga majbur qildi.
Ekspertlar ko‘rsatkichlarning pasayishiga yana bir sabab sifatida kichik yurish zaxirasiga (100 km dan kam) ega bo‘lgan gibrid batareyalar ishlab chiqarishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qisqarishini ko‘rsatmoqda. Bu ushbu segmentga juda bog‘liq bo‘lgan BYD kabi ishlab chiqaruvchilarga zarba berdi. Tahlilchilar, shuningdek, Xitoyda saqlanib qolayotgan makroiqtisodiy bosim - iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, daromadlar o‘sishining pasayishi va ishsizlikning oshishi xitoylik iste’molchilarning umumiy xarid qobiliyatining pasayishiga olib kelganini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
08:56 / 25.04.2026
Xitoy dronlarni havoda quvvatlantirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi
22:05 / 23.04.2026