Toşkent, 2026 yil 28 aprel — Xalqaro “Mansour Automotive Group” holdingi va “Asaka Motors” kompaniyasi ASMAN AUTO qöşma korxonasini taşkil etiş haqida e’lon qildi. Tomonlar yaqin beş yil içida 120 mln AQŞ dollari kiritişni rejalaştirgan.
Boşlanğiç bosqiçda loyiha “Asaka Motors” zavodi bazasida yirik uzelli yiğuv (SKD) taşkil etişni, keyinçalik mayda uzelli işlab çiqariş (CKD)ga ötişni közda tutadi. Avtomobillarni sotiş va sotuvdan keyingi xizmat körsatiş bilan ASMAN AUTO şuğullanadi.

“Özbekiston kuçli iqtisodiy fundamental körsatkiçlarga ega istiqbolli avtomobil bozori sanaladi. ASMAN AUTO orqali biz qiymat hosil qilişning butun zanjiri böylab global standartlarni joriy etişga intilib, innovatsion mahsulotlar, ilğor texnologiyalar va mijozga yönalgan yondaşuvni taklif etamiz. Maqsadimiz – Özbekistonda jahon darajasidagi distributsiya va sotuvdan keyingi xizmat körsatiş tizimini yaratiş, yangi sifat, işonçlilik va xizmat körsatiş standartlarini örnatişdir”, – rejalar bilan örtoqlaşdi “Mansour Automotive Group” xalqaro biznes yönalişi rahbari Jagat Randxva.

Modellar qatori: Britaniya merosidan elektromobillargaça
ASMAN AUTO mahsulot portfeli turli narx segmentlarida xaridorlar ehtiyojlarini qondiruvçi xalqaro brendlarni öz içiga oladi.
- MG (Morris Garages) — 100 yillik tarixga ega afsonaviy Britaniya brendi. Özbekistonda uçta model taqdim etiladi: amaliy MG 5 sedani, ixçam MG ZS yöltanlamasi va flagman MG HS yöltanlamasi.
- Wuling — kundalik hayot uçun zamonaviy va funksional avtomobillar brendi. Ilk modellar kiçik biznes va tijoriy taşişlarga möljallangan Wuling Bardosh miniveni va Wuling Afzal yöltanlamasi böladi. Bir neça oydan keyin ASMAN AUTO modellar qatoriga Wuling Bingo S elektr yöltanlamasini qöşadi.

Xaridorlar uçun qulay şartlar taqdim etiladi: 18 oygaça muddatli bölib-bölib tölaş, boşlanğiç tölov 25% dan va 0% foiz stavkasi bilan.












