Taqdimotda Toşkent viloyatidagi Ugom daryosining tabiiy muvozanatini tiklaş va uning noyob tabiiy merosini saqlaş böyiça takliflar körib çiqildi.

Ugom daryosi va uning havzasi Ugom-Çotqol milliy tabiat boği tarkibidagi muhim ekologik hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda önlab noyob ösimlik va hayvonot turlari, şu jumladan, Qizil kitobga kiritilgan turlar mavjud. Daryo Çirçiq havzasining suv ta’minotida ham muhim örin tutadi.

Tahlillarga köra, keyingi yillarda Ugom daryosida suv sarfi kamayib, suv sifatiga ta’sir etuvçi omillar köpaygan. Bu holat qirğoqlarning yemirilişi, fauna va ösimlik dunyosiga salbiy ta’sir körsatişi, bioxilma-xillik qisqarişi xavfini oşirmoqda.

Şu bois, Ugom daryosi va unga tutaş hududlarni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qiliş, sohilböyi va suvni muhofaza qiliş zonalarida tabiiy gidrologik tizimga ta’sir körsatuvçi quriliş va yer işlarini çeklaş taklif etildi. Şuningdek, suv muhofaza zonalaridagi obektlarni xatlovdan ötkaziş, ularning suv sifati va biofaunaga ta’sirini baholaş vazifalari belgilandi. Ekologik talablarga javob bermaydigan faoliyatlarni töxtatiş yoki boşqa joyga köçiriş masalasi körib çiqiladi.

Qolaversa, daryoning gidrologik va ekologik holatini barqaror rivojlantiriş böyiça “Ugom daryosi ekotizimini yaxşilaş” master rejasini işlab çiqiş, sohilböyi va muhofaza zonalarida yer degradatsiyasining oldini oliş uçun daraxt va butalar ekiş közda tutilgan.

Taqdimotda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantiriş, noyob ösimlik va hayvonot dunyosini saqlaş böyiça loyihalar ham körib çiqildi. Xususan, “Farğona” milliy tabiat boği tarkibidagi “Yozyovon” tabiat yodgorligi hududini muhofaza qiliş, dendrologik boğ taşkil etiş, kuzatuv minoralari, maxsus dronlar va raqamli monitoring tizimlari orqali nazoratni kuçaytiriş rejalaştirilgan.

Uşbu hududda taşrif markazi taşkil etiş, piyoda sayr marşrutlari, quşlarni kuzatiş maydonlari, foto va panorama nuqtalari, ilmiy-ma’rifiy ekskursiyalar yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, “Ovjazsoy – Moviy toğlar” milliy tabiat boği hududida ham ekologik turizmni rivojlantirişga qaratilgan obektlar barpo etiş takliflari körib çiqildi. Bunda tabiiy manzaralar va toğ ekotizimlarini asrab-avaylagan holda sayyohlar uçun qulay infratuzilma yaratişga alohida e’tibor qaratiladi.

Taqdimotda joriy yilda Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan “ECO EXPO Central Asia 2026” xalqaro körgazmasi va Global ekologik jamğarmaning 8-Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.