Unilever kompaniyasi (Dove, Axe, Rexona, Domestos, Cif kabi brendlar egasi) yaqin vaqtlarda mahsulotlari narxini oşirişini e’lon qildi, deya xabar berdi Reuters.

Asosiy sabab — xomaşyo, işlab çiqariş va ayniqsa logistika xarajatlari qimmatlaşgani. Bu AQŞ va Eron örtasidagi keskinlik va mintaqadagi vaziyat bilan boğliq. Unilever 2026 yil uçun savdo hajmi va foyda prognozini saqlab qolgan, biroq London kompaniyasi rahbariyati mahsulot narxlarini asta-sekin 2–3 foizga kötariş haqida ogohlantiryapti. Kompaniya vakillarining aytişiça, yil davomida umumiy xarajatlar inflatsiyasi 750–900 million yevroni taşkil etadi, bu dastlabki 350–500 million yevrolik prognozdan ança yuqori.

Unilever nafaqat gigiyena vositalari, balki oziq-ovqat mahsulotlarini ham işlab çiqaradi. Masalan, Carte D’Or, Cornetto muzqaymoqlari, Lipton çoyi va Knorr mahsulotlari ham şu kompaniyaga tegişli.

Reuters Yaqin Şarqdagi uruş boşlanganidan beri 200 dan ortiq kompaniya bayonotlarini tahlil qildi. Ulardan 36 tasi allaqaçon mojaro sabab narxlarni oşirganini ma’lum qilgan — ular orasida Nestlé va Procter & Gamble kabi Unilever raqobatçilari ham bor.