Özbekiston böyiça may oyining birinçi kunlarida bahoriy ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati şimolida yoğingarçilik kutilmaydi. Buxoro viloyatida va Navoiy viloyati janubida asosiy yomğirlar bugun yoğadi, 2–3 may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
1 may kuni respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Juma kuni kunduzi havo harorati asosan +27…+30 daraja, dam oliş kunlari esa +22…+25 daraja böladi. Şimoli-ğarbiy hududlarda juma kuni eng salqin +20…+23 daraja atrofida bölişi kutilmoqda, yakşanba kuniga borib esa havo harorati +27…+30 darajagaça kötariladi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 1–3 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida juma kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +28…+30 daraja böladi.
Şanba va yakşanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat keçalari +13…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+24 daraja böladi.
1–2 may kunlari şamol tezligi 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi, bugun kunduzi şaharning ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.












