Avto | 15:00
2040
5 daqiqa o‘qiladi

“Orbis Group” Toshkentda yangi formatdagi Porsche flagman markazini ochdi

Porsche’ning yangi maskanida brend yangiliklari bilan tanishibgina qolmay, raqamli konfigurator yordamida o‘ziga mos avtomobilni yig‘ish ham mumkin.

Foto: Orbis Group

Toshkentda yangi formatdagi Porsche dilerlik markazi ochildi. Obekt Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib brendning yangi umumjahon konsepsiyasi – “Destination Porsche” asosida barpo etildi. Yangi flagman markazi “Orbis Cars Premium” bo‘linmasi tomonidan “Porsche Central and Eastern Europe” bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Markazning ishga tushishi – bu konsultatsiya studiyasi formatidan to‘laqonli xizmat ko‘rsatish sikliga o‘tishdir. Endi O‘zbekistondagi mijozlarga avtomobil sotuvigina emas, balki yuksak texnologik servis, jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish ham taqdim etiladi.

Konsepsiya va makon

Yangi Porsche Centre Tashkent mintaqaning riteyl segmentidagi eng ambitsiyali arxitektura loyihalaridan biriga aylandi. Flagman markaz 1 gektar maydonda barpo etilgan bo‘lib, binoning umumiy maydoni 4000 m² ni tashkil etadi.

“Destination Porsche” dilerlik markazining formatini o‘zgartiradi: u savdo nuqtasidan rusum sohiblari va muxlislari hamjamiyatining uchrashuv maskaniga aylanadi. Binoning jo‘shqin fasadli arxitekturasi brendning sport xarakterini ta’kidlaydi, ichki makon esa, “poyga chizig‘i” (Racing Line) atrofida tashkil etilgan bo‘lib, turli mavzuli hududlarni birlashtiradi.

Interer nemis Oberhaizinger byurosi tomonidan ishlab chiqilgan ichki o‘rnatilgan mebellar bilan jihozlangan. Har bir elementning puxta ishlanishi global Porsche kodiga mos mukammal ergonomika va estetikani ta’minlaydi. Xalqaro Trison agentligi tomonidan yaratilgan multimediyaviy ekotizim interer bilan juda uyg‘un: raqamli yechimlar va audiovizual kontent brend bilan o‘zaro aloqani intuitiv yaqinroq va yanada texnologik qulay qiladi.

Shaffoflikka alohida e’tibor berilgan: servis hududi mijoz qismidan oynavand devor bilan ajratilgan, bu mehmonlarga avtomobillarga xizmat ko‘rsatish jarayonini kuzatish imkonini beradi.

Infratuzilma va markaz imkoniyatlari

  • Shourum (800 m²): bu yerda Porsche dolzarb modellari va yangiliklari, shuningdek aksessuarlar taqdim etilgan.
  • Servis hududi (1100 m²): brendning umumjahon reglamentlari asosida ishlovchi beshta post va ekspress-diganostik uchastkasini o‘z ichiga oladi.
  • Elektromobillar: Shourumda maxsus E-Performance zonasi joylashgan bo‘lib, unda Porsche elektromobilining eng so‘nggi yangiligi taqdim etilgan. Xizmat zonasida akkumulyator batareyalarini ta’mirlash posti o‘rnatilgan va hududda ikkita tez zaryadlash stansiyasi (DC) va 10 ta o‘zgaruvchan tok infratuzilmasi (AC) mavjud.
  • Personalizatsiya: launj-hududda raqamli konfigurator yordamida mijozlar o‘z avtomobilining komplektatsiyasini batafsil ko‘rib chiqishi mumkin.

Mixael Kirsh, “Porsche Central and Eastern Europe” bosh direktori:

Porsche Centre Tashkent”ning ochilishi – muhim strategik bosqich. Markaziy Osiyo bugungi kunda eng jo‘shqin rivojlanayotgan bozorlardan biri bo‘lib, bunday miqyosdagi flagmanning ishga tushishi mintaqadagi uzoq muddatli rejalarimizni tasdiqlaydi”.

Vyacheslav Gusev, “Orbis Cars Premium” bosh direktori:

Biz shunchaki avtosalon emas, balki muloqot uchun makonni yaratdik. Biz O‘zbekistondagi har bir Porsche sohibi brend bilan bevosita aloqani his qilishini va eng oliy sifatdagi servisga ega bo‘lishini istaymiz”.

“Porsche Centre Tashkent” eshikllari mijozlar va brend muxlislari uchun ochiq.

📍 Manzil: Yangi O‘zbekiston ko‘chasi, Yuqori Chirchiq tumani.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998712052911 | Telegram | Instagram | Facebook

Ma’lumot uchun

“Orbis Group” — ko‘pprofilli holding va Qozog‘istonning eng yirik atvomobil reteylerlaridan biri. Guruh avtobiznes, neft servisi, agrosanoat majmuasi, qurilish, HoReCa va boshqa tarmoqlarda yetakchi maqomlarga ega. “Orbis Group” xalqaro faoliyatni faol kengaytiradi: kompaniya O‘zbekiston bozorida faol ish yuritib, yetakchi jahon brendlarini taqdim etadi, shuningdek AQShda biznes-yo‘nalishni rivojlantiradi.

“Orbis Cars Premium” — “Porsche”ning O‘zbekistondagi rasmiy importchisi, “Orbis Group” tarkibiga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish