AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 may kuni Kongressga xat yöllab, Eron bilan aprel oyidagi otaşkesim kelişuvi uruşni töxtatganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bu orqali hukumat parlamentdan bu uruş uçun ruxsat olişga majbur bölmaganini urğulamoqda.

1973 yilgi qonunga köra, Amerika prezidenti Kongress ruxsatisiz harbiy harakatlar boşlagan taqdirda, uni 60 kundan uzoq davom ettirişi mumkin emas.

Donald Tramp joriy yil fevral oyining sönggi kunida boşlangan uruş haqida Kongressni ikki kun ötib xabardor qilgan, natijada 60 kunlik muhlat rasman 1 may sanasiga kelib yakuniga yetdi.

Tramp şu kuni qonunçilarga yöllagan xatida otaşkesim kuçga kirganidan beri tomonlar bir-biriga öt oçmaganini bildirgan.

“2026 yil 28 fevral kuni boşlangan harbiy harakatlar töxtagan”, deyiladi maktubda.

Kongressdagi demokratlar öt oçişning töxtatilişi uruş tugaganini anglatmasligini ta’kidlamoqda. Ular AQŞ harbiy kemalari Eron neft eksportiga töğanoq bölib turganini harbiy harakatlar amalda davom etayotganini isboti sifatida keltirmoqda.

“Nizo boşlanganiga 60 kun böldi, prezident Trampda haligaça tayinli reja qilinmagan bu uruşdan çiqişning yöli yoki strategiyasi yöq”, – dedi senator Jinn Şeyhin.

Tramp ham öz maktubida nizo bartaraf etilmagan bölişi mumkinligini tan olgan va Eron haligaça AQŞ va uning qurolli kuçlariga “jiddiy” tahdid bölib turganini iddao qilgan.

1 may kuni Tehrondagi IRNA davlat axborot agentligi Eron tomonidan vositaçi Pokiston orqali AQŞga yangi kelişuv taklifi yöllanganini ma’lum qildi.