AQŞda prezidentning uruş vakolatlari doirasidagi 60 kunlik mexanizm hozirgi Eron bilan boğliq vaziyatda yana markaziy masalaga aylandi. Bu tizim tezkor harbiy qarorlar uçun yaratilgan bölsa-da, sulh e’lon qilinişi uşbu mexanizmning amaldagi talqinini özgartirib yubordi. Şu tariqa Tramp qaytadan harbiy harakatlarni boşlab yana ikki oy vaqtdan yutişi mumkin. Lekin oldinda AQŞ mezbonlik qiladigan mundial va oraliq saylovlar masalasi bor.

60 kunlik vakolat doirasida sulh allaqaçon kuçga kirib uruş töxtagan bölsa, Tramp qaytadan yangi operatsiya e’lon qilişi mumkinmi?

Şavkat Ikromov: Dastlab berilgan 60 kunlik muddat, bu Kongress yakuniy qaror çiqarmasdan turib prezidentga uruş olib boriş vakolatini beruvçi mexanizm hisoblanadi. Bu muddatdan taşqari yana qöşimça 30 kunlik zaxira ham mavjud.

Biroq uruş qanday maqsadlarda boşlangan bölsa, öşa maqsadlarning birortasi hozirça amalga oşgani yöq. Aksinça, mintaqada yanada oğir va inqirozli vaziyat yuzaga kelgan. Köplab kuzatuvçilar bu holatni kelajakda keng kölamli uruşga olib kelişi mumkin bölgan xavfli bosqiç sifatida baholamoqda.

Xususan, Qöşma Ştatlarning Hörmuz böğozini deyarli töliq blokada qilişi va Eronga harakat erkinligini bermayotgani, Tehronni yanada keskin çoralar körişga undaşi mumkinligi haqida taxminlar bor. Xalqaro uruş qoidalariga köra bunday blokada tegişli konvensiyalarga mos kelişi kerak.

Biroq hozirgi vaziyatda AQŞ va uning ittifoqçisi Isroil harakatlari bu normalarga töliq mos kelmayotgani haqida fikrlar mavjud. Agar blokada davom etsa, uruş tugadi degan da’voning özi savol ostida qoladi. Çunki uruş yakunlandi deb aytiş uçun tomonlar murosaga kelişi yoki heç bölmaganda umumiy kelişuvga erişişi lozim. Hozir esa AQŞ dastlab qöygan talablaridan deyarli çekinmagan, Eron tomoni ham özining “qizil çiziqlari”da qat’iy turibdi. Tomonlar muzokaraga yaqinlaşayotganini körsatadigan aniq belgilar yöq.

Şu nuqtai nazardan, uruş tugaganini e’lon qilişni Donald Trampning siyosiy va harbiy taktikasiga xos uslub sifatida baholaş mumkin. Odatda u tinçlik yoki uruşni yakunlaş haqida bayonot bergaç, ortidan keskin harbiy harakatlar yoki qarama-qarşi qadamlar kuzatiladi. Şu bois bu holatni vaqtinçalik tanaffus sifatida talqin qiliş mumkin. Hozirgi vaziyatga qaraganda, Fors körfazi hududida AQŞ qöşinlarini qayta joylaştiriş jarayoni davom etmoqda.

Ayrim kuçlar olib çiqilmoqda, boşqalari esa yangi şaroitlarda faoliyat yuritişga tayyorlanmoqda. Şu sababli aynan qanday “tinçlik” haqida gap ketayotgani hanuz aniq emas.