Yevropa Ittifoqi Ukrainaning blokka tezlaştirilgan tartibda a’zo bölişiga qarşi çiqayotgani, Vaşington esa kelgusida ham Kiyevni qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş masalasida ikkilanayotgani tufayli Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ittifoqçilar bilan munosabatlari yomonlaşgan. Bu haqda Financial Times gazetasi bilan Yevroittifoq mamlakatlari rahbarlarining 23-24 aprel kunlari Kiprda bölib ötgan sammmiti yakunlari böyiça gaplaşgan manbalari aytib bergan.
Manbalarning sözlariga köra, Ukrainaning yuqori martabali mulozimlai Yevroittifoq va AQŞdan bölgan hamkorlar bilan uçraşuvdan Yevrokomissiyani blokning kengayiş sur’atlari uçun tanqid qiliş uçun foydalangan hamda Ukrainaning a’zoligini tezlaştirişni talab qilgan. Ularning sözlariga köra, Ukraina rasmiy şaxslari Ukrainaning taşkilotga a’zo bölişi Bryusselning öziga ham kerakligini aytişgan.
FT’ning turli suhbatdoşlarining aytgan gaplari qisqaça şunday körinişda bölgan:
- «A’zolik – sovğa emas. Aftidan, Kiyevda bu borada qandaydir tuşunmovçilik mavjud».
- «Bu yerda real muammo bor: Zelenskiy va uning atrofidagilar [ruxsat beriş jarayoni] qanday işlaşini heç qaçon töliq tuşunmagan».
- «Ular „bizdan qarzdorsiz“ deyişmoqda. Va bu yordam bermaydi».
Ukraina 2022 yil yozida, Rossiya qöşinlarining keng kölamli bosqini boşlanganidan tört oy ötib Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakat maqomini olgandi. Zelenskiy Ukrainani blokka 2027 yildayoq qabul qilişni talab qilib keladi. Yevrokomissiyadagilar Ukraina avvaliga nominal a’zo bölişini, zarur islohotlar ötkazilganidan keyingina asta-sekinlik bilan turli imtiyozlardan foydalana boşlaşi mumkinligini közda tutgan. FT ma’lumotiga köra, taşkilotning asosiy davlatlari hisoblangan Fransiya va Germaniya ham a’zolik jarayoni bosqiçma-bosqiç keçişi va kamida töqqiz yilga çözilişi tarafdori. Zelenskiy aprel oyida Ukrainaga ramziy a’zolik kerak emasligini, mamlakat Yevroittifoqning tölaqonli a’zosi bölmoqçi ekanini aytgandi.
Gazeta manbalariga köra, Kiprdagi sammitda Yevroittifoqning bir qança yetakçilari Zelenskiyning kutilmalarini pasaytirişga harakat qilişgan. «U ayrim şafqatsiz haqiqatlarni eşitişga majbur böldi. Bu u öylagandek oson bölmaydi», – degan manbalardan biri. Naşr suhbatdoşlari Ukraina YeIga a’zo bölib kiriş uçun talab etiladigan islohotlarni, ayniqsa, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarşi kuraş çoralari kabi muhim sohalardagi islohotlarni juda sekinlik bilan amalga oşirmoqda: «Ularning içki islohotlari boşi berk köçaga kirib qoldi. Bu yomon va buni barça biladi».













