Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ–Eron uruşi
AQŞ Fors körfazida qolib ketgan kemalarni çiqarib yuborişga yordam bermoqçi. Prezident Donald Tramp duşanbadan boşlab Hörmuzda «qamalib qolgan» va zaxiralari kamayayotgan kemalar va ularning ekipajlariga yordam körsatiş boşlanişini aytdi.
«Biz uşbu mamlakatlarga ularning kemalarini çeklangan suv yöllaridan xavfsiz olib çiqişimizni aytdik. Şunda ular öz işlarini erkin va bemalol davom ettirişlari mumkin böladi», deb yozdi Tramp.
AQŞ Markaziy qömondonligi uşbu sa’y-harakatlarni 15 000 nafar harbiy xizmatçi, 100 dan ortiq samolyotlar, şuningdek, harbiy kemalar va dronlar bilan qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Operatsiyaning maqsadi böğoz orqali «tijorat yuk taşuvçi kemalar uçun navigatsiya erkinligini tiklaşdir», deyiladi CENTCOM bayonotida.
Xalqaro dengiz taşkiloti ma’lumotlariga köra, mojaro davomida yuzlab kema va 20 mingga yaqin dengizçi böğozdan ötolmay qolgan.
Trampning izohlaridan köp ötmay, Buyuk Britaniya dengiz savdosi operatsiyalari agentligi böğozda bir tanker noma’lum snaryadlar bilan urilganini ma’lum qildi. Fujayra şahridan şimolda sodir bölgan uşbu hodisada barça ekipaj a’zolari xavfsiz ekani aytilmoqda.
Eron AQŞ va Isroil hujum boşlaganidan keyin Hörmuz böğozini tösib qöygan. Ötgan oyda AQŞ ham Eron portlaridan çiquvçi kemalarga öz blokadasini joriy qilgandi.
Trampning tahdidlari bilan birga AQŞ–Eron muzokaralari ham davom etmoqda.
Avvalroq Tehron 14 banddan iborat taklifini AQŞga yuborgani ma’lum bölgandi. Unda AQŞ kuçlarini yaqin atrofdagi hududlardan olib çiqiş, blokadani bekor qiliş, muzlatilgan aktivlarni qaytariş, tovon tölaş, sanksiyalarni bekor qiliş va Livanda ham uruşni töxtatiş nazarda tutiladi.
Tramp esa Eron tinçlik taklifining aniq matnini hali körib çiqmaganini, lekin uni rad etişi ehtimoli yuqori ekanini aytgandi. Eron OAVlari Vaşington öz javobini Pokiston orqali yetkazganini va hozirda Tehron uni körib çiqayotganini xabar qilgan.











