Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ va Eron örtasida keskinlik

Duşanba kuni AQŞ va Eron Fors körfazida yangi hujumlarni amalga oşirdi. Raketa va dron hujumlari AQŞ prezidenti Donald Trampning Hörmuzda qolib ketgan kemalarni ötkazişga urinişidan söng yuz berdi.

Fors körfazidagi bir neçta savdo kemalarida portlaş va yonğinlar kuzatildi. Fujayra neft portidagi yonğindan söng BAA hukumati Eronning hujumlarini jiddiy eskalatsiya deb atadi. Maktablarni xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinça masofaviy ta’limga ötkazdi.

Eron davlat televideniyesi BAAga qilingan hujum «AQŞ harbiylarining avantyurizmiga» javob ekanini tasdiqladi. Şuningdek, Eron AQŞ harbiy kemasiga qarata ogohlantiruvçi öq uzilganini ma’lum qildi.

AQŞ harbiylari esa Eronning oltita kiçik harbiy qayiğini yöq qilgan. Şuningdek, AQŞ kuçlari ikkita savdo kemasi esminetslar kömagida böğozdan ötganini aytdi.

Mintaqadagi AQŞ kuçlari qömondoni, admiral Bred Kuper Eron kuçlariga AQŞ harbiy aktivlaridan uzoqroq turişni «qat’iy tavsiya qildi».

Bu ötgan oydagi otaşkesim e’lonidan keyin Hörmuzni oçiş uçun harbiy kuç işlatişga bölgan birinçi urinişdir. Eron Islom inqilobi muxofizlari korpusi böğoz faqat ularning ruxsati bilan oçilişini aytgan.

Trampning sönggi qadami aks ta’sir körsatgan körinadi: böğozda savdo kemalari qatnovi köpaymadi, aksinça, Eron öz kuçini körsatdi. Eron har qanday keskinlaşuvga AQŞ bazalari bölgan qöşni davlatlarga yangi hujumlar ila javob qaytariş bilan tahdid qilgan. Yirik yuk taşiş kompaniyalari böğozni kesib ötişdan oldin harbiy harakatlar rasman töxtaşini kutmoqda.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi duşanba kungi voqealar inqirozning harbiy yeçimi yöqligini körsatganini aytdi. U tinçlik muzokaralari Pokiston vositaçiligida davom etayotganini bildirdi. «Ozodlik loyihasi — bu “boşi berk köça” loyihasidir», deya Aroqçi Trampning loyihasini tanqid qildi.

Putin va Zelenskiyning otaşkesim takliflari

Duşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-9 may kunlari Ukraina bilan mojaroda ikki kunlik öt oçişni töxtatiş tartibini e’lon qildi.