Xitoyning Xunan provinsiyasida muşaklar işlab çiqaruvçi zavodda röy bergan portlaş oqibatida 20 dan ortiq kişi halok böldi va 60 dan ortiq kişi jabrlandi, deb xabar bermoqda davlat naşrlari.

«Xuaşen» zavodida röy bergan portlaş duşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 da, Lyuyan şahrida röy bergan.

Rasmiylar voqea joyiga qidiruv-qutqaruv işlari va jabrlanganlarga yordam körsatiş uçun 1,5 ming kişini yuborgan. Tösilib qolgan binolarda qidiruv işlari uçun robotlardan foydalanilmoqda. Ular xarobalar ostida qolib ketgan yetti kişini qutqarişga muvaffaq böldi.

Rasmiylarga köra, zavod hududidagi porox saqlanuvçi ikkita omborxona qutqaruv işlari vaqtida yuqori xavf manbayi bölib turgan.

Qutqaruvçilar zavoddan uç kilometr radiusda bölgan barçani evakuatsiya qilişgan.

CCTV telekompaniyasi reportajida aytilişiça, portlaş oqibatida 26 kişi halok bölib, yana 61 kişi jabrlangan.

Telekanal qayd etişiça, jabrlanuvçilarning yoşi 20 dan 60 gaça, ularning ayrimlari oskolkali jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Portlaş şu qadar kuçli ediki, zavod yaqinidagi turar joy binolarining derazalari sinib ketgan, deya xabar beradi CCTV muxbiri voqea joyidan qilingan reportajida.

Zavoddan taxminan bir kilometr uzoqlikda yaşovçi ayolning Beijing News naşriga aytişiça, endi odamlar yölni aylanib ötişga majbur bölmoqda.

«Uylarimizdagi oynalar singan, alyuminiy romlar deformatsiyaga uçragan, hatto zanglamaydigan pölatdan yasalgan eşiklar ham ağdarilgan», – dedi u.

Boşqa bir ayol esa hududda qolişdan qörqqani uçun u yerni tark etganini aytadi.

Xitoy raisi Si Jinping fojiadan söng rasmiylarga asosiy tarmoqlarda xavf-xatarlarni tekşiriş va xavfni nazorat qilişni kuçaytiriş, jamoat xavfsizligini boşqarişni yaxşilaş, odamlar hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlaş böyiça topşiriq bergan. U şuningdek aybdorlarni javobgarlikka tortişga çaqirgan.

OAV ma’lumotiga köra, holat yuzasidan zavodda muşak işlab çiqarişga mas’ul bölgan bir kişiga nisbatan ehtiyot çorasi qöllangan.