Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 4 may kuni Toşkentda Malayziya qiroliçasi Raja Zarit Sofiya bilan uçraşdi.

Uçraşuv doirasida oliy martabali mehmon özbek amaliy san’ati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanişdi, şuningdek, xalqimizning boy an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Samimiy va oçiq muloqot ruhida ötgan suhbat davomida xonimlar Özbekiston va Malayziya örtasidagi döstlikni yanada mustahkamlaş, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar.