AQŞ BMT Xavfsizlik Kengaşining Hörmuz böğozi böyiça yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi, unda Erondan «hujumlarni, minalaştirişni va yiğimlarni töxtatiş» talabi mavjud. Rezolyutsiya matni AQŞ Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning aytişiça, loyiha prezident Donald Tramp topşiriğiga binoan işlab çiqilgan. Kemalarga hujumlarni töxtatişdan taşqari, Vaşington Tehrondan dengizda örnatilgan minalarining aniq joylaşuvini oşkor qilişni va ularni olib taşlaşga yordam berişni, şuningdek, mintaqada gumanitar yölak yaratişni qöllab-quvvatlaşni talab qilmoqda.
Hujjatga Bahrayn, Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va Qatar hammualliflik qildi. AQŞ yaqin kunlarda rezolyutsiya böyiça ovoz beriş jarayonini kutmoqda. Marko Rubio Rossiya va Xitoyni hujjatni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
Aprel oyi boşida Bahrayn BMT Xavfsizlik Kengaşining Hörmuz böğozi böyiça rezolyutsiyasi loyihasini tayyorladi. U kuç işlatişga ruxsat berişni nazarda tutgan va Rossiya, Xitoy va Fransiya tomonidan bloklangan. 7 aprel kuni Rossiya va Xitoy hujjatni qabul qilişga veto qöydi.
4 may kuni Eron 8 aprelda e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş rejimi boşlanganidan beri birinçi marta Hörmuz böğozi orqali ötayotgan Amerika esminetslari va savdo kemalariga hujum qilişga urindi. Şuningdek, BAA energetika obektlariga ham hujum uyuştirildi.

















