Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi raqobat yaqqol közga taşlanib bormoqda. Tahlilçilarga köra, bu holat faqat AQŞ–Eron uruşi bilan boğliq emas: OPEC doirasidagi kvotalar tortişuvi, Sudan va Yamandagi qarama-qarşi pozitsiyalar hamda iqtisodiy raqobat bu ziddiyatning ança çuqur va tizimli ekanini körsatadi.

— AQŞ–Eron uruşi fonidagi BAA va Saudiya ziddiyati vaqtinçalikmi yoki bu strategik bölinişmi?

Kamoliddin Rabbimov: Menimça, bu jarayon vaqtinçalik hodisa emas, balki çuqur geosiyosiy özgarişlarning boşlanişidir.

Uşbu uruş natijasida Yaqin Şarq mintaqasining xavfsizlik arxitekturasi qayta körib çiqilişi muqarrar. Donald Tramp prezidentligining birinçi davrida Bahrayn, Birlaşgan Arab Amirliklari va Marokaş Isroil bilan diplomatik aloqalar örnatdi. Bugungi uruş fonida esa arab davlatlari içida aynan Birlaşgan Arab Amirliklari Isroil va AQŞga eng yaqin pozitsiyani egallab bormoqda.

Amirliklar strategik jihatdan Isroilga yanada yaqinlaşgani kuzatilmoqda. Bu holat arab davlatlari örtasida Isroilni tan olmaslik böyiça şakllangan tarixiy konsensusning yemirilayotganini anglatadi. Avval ham Misr va Iordaniya Isroil bilan aloqalar örnatgan edi, biroq ularning ritorikasi tanqidiy ruhda saqlanib qolgan. Hozirgi vaziyatda esa BAA va Isroil özaro munosabatlarni oçiqçasiga strategik ittifoq darajasiga olib çiqmoqda. Bu esa BAAning siyosiy va geosiyosiy tanlovi aniq va keskin ekanini körsatadi.

Şu bilan birga, mintaqadagi boşqa davlatlar, xususan Qatar va Saudiya Arabistoni AQŞning xavfsizlik kafolatlariga nisbatan şubha bilan qaray boşladi. Ular uçun muhim savol şuki: agar kelajakda Isroil va arab davlatlari örtasida töqnaşuv yuzaga kelsa, AQŞ neytral qoladimi yoki töliq Isroil tomonida turadimi? Mavjud tajriba AQŞning bir tomonlama pozitsiya egallaş ehtimoli yuqoriligini körsatmoqda.

Yana bir muhim özgariş – Eron omiliga bölgan munosabatning transformatsiyasidir. Avvallari arab davlatlari uçun asosiy strategik tahdid sifatida Eron körilgan bölsa, sönggi yillarda, ayniqsa 2023 yil 7 oktyabrdan keyingi voqealar fonida, Isroil agressiyasi markaziy öringa çiqdi. Endilikda mintaqadagi köproq doiralarda Isroil asosiy strategik tahdid sifatida baholanmoqda.

Isroilning ideologik va diniy asoslangan siyosiy qaraşlari mintaqadagi ziddiyatlarning uzoq muddat davom etişini anglatadi. Ya’ni arab davlatlari va Isroil örtasidagi qarama-qarşiliklar hali yakunlanmagan.