Kurort yil-o‘n ikki oy davomida dam olish va salomatlikni tiklashni taklif etadi, bu yerda tog‘ turizmi puxta o‘ylangan wellness-infratuzilma va xalqaro darajadagi servis bilan uyg‘unlashadi. Beldersoy Resort & SPA Chimyon tog‘ining manazarasi namoyon bo‘ladigan 109 ta mehmonxona xonasi va 39 ta villani o‘z ichiga oladi. Kurort makoni ham individual sayohatlar uchun, ham oilaviy dam olish uchun moslashgan.
Mishlen darajasidagi gastronomiya
Kurortning gastronomik konsepsiyasi to‘rtta mualliflik restoranini birlashtiradi, ularning har biri o‘z pazandachilik falsafasini namoyon etib, oliy daraja taomlar muxlislari uchun yagona joziba nuqtasini shakllantiradi. Loyihaga Michelin yulduzlariga sazovor bo‘lgan restoranlarda ish tajribasiga ega, xalqaro miqyosda e’tirof qozongan bosh oshpazlar rahbarlik qiladi. Bu yerda gastronomiya sayohatga aylanadi: o‘zbek taomlarining zamonaviy interpretatsiyasidan to nafis O‘rta Yer dengizi taomlari va har bir jihatiga e’tibor berib pishirilgan premial steyklargacha. Har bir restorandan ko‘rinib turuvchi tog‘larning go‘zal manzarasi taassurotlarni kuchaytiradi va har bir kechki taomlanishni unutilmas tajribaga aylantiradi.

“Tog‘lar ichra dengiz”: spa va wellness-majmua
Kurortning gavhari re:thalasso spa va wellness-majmuasi sanaladi. Uch qavatli markaz oltita basseynli termal hududni, taassurotlar dushi, dunyoning turli o‘lkalariga mansub beshta hammom va kuch hamda ichki muvozanatni tiklash uchun noyob spa-muolajalar taklif etiladigan dam olish makonlarini birlashtiradi. Spa-majmuada dengiz minerallari va dengiz ne’matlaridan foydalaniladigan talassoterapiya orqali “tog‘dagi dengiz” konsepsiyasi aks etadi. Tog‘larning hayratlanarli manzarasi ko‘rinib turadigan infiniti-basseyn alohida taassurot uyg‘otadi.

Premial darajadagi banket va konferens-imkoniyatlar
Kurort hududida ko‘p funksional transformer banket zali ko‘zda tutilgan bo‘lib, u turli formatdagi tadbirlar – nafis gala-kechki ziyofatlar va to‘ylardan to keng ko‘lamli amaliy tadbirlargacha moslasha oladi. Infratuzilmani ochiq havo ostidagi tadbirlar hududlari, shuningdek, amaliy uchrashuvlar, taqdimotlar va yopiq sessiyalarni o‘tkazish uchun zaruriy jihozlar bilan ta’minlagan zamonaviy muzokara zallari to‘ldiradi.













