AQŞ prezidenti Donald Tramp Fors körfazida qolib ketgan kemalarni olib çiqiş maqsadida boşlangan amaliyot Tehron bilan tinçlik bitimi tuziş imkoniyatini baholaş uçun «qisqa muddat»ga töxtatilişini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, duşanba kuni boşlangan «Ozodlik loyihasi» muzokaralarda vositaçilik rolini bajarayotgan Pokiston hukumati iltimosi bilan töxtatilmoqda.
Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida bu qaror «ulkan harbiy muvaffaqiyatlar» hamda Eron bilan tinçlik kelişuviga erişişdagi «sezilarli yutuqlar» tufayli qabul qilingan.
«Blokada öz kuçida qolişi barobarida, „Ozodlik loyihasi“ (kemalarni Hörmuz böğozidan ötkaziş) kelişuvga erişiş va bitim imzolaş imkoniyati bor yoki yöqligini aniqlaş uçun qisqa muddatga töxtatiladi», – deya qöşimça qilgan u.
Trampning bayonoti fonida çorşanba kuni Osiyoda savdolar oçilişida neft narxi biroz pastladi.
Eron davlat ommaviy axborot vositalari bu holat Trampning jahon kemaçiligi uçun muhim bölgan suv yölini blokirovkadan çiqarişga urinişlarida «bir qator muvaffaqiyatsizliklardan söng ortga çekingani»ni körsatişini ta’kidlagan.
Trampning bayonoti AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Oq uyda ötkazilgan brifingda fevral oyi oxirida boşlangan «Epik ğazab» operatsiyasi öz maqsadlariga erişganini va Vaşington keyingi bosqiçga, ya’ni «Ozodlik loyihasi»ga ötayotganini aytganidan köp ötmay e’lon qilindi.
«Biz tinçlik yölini afzal körgan bölardik. Prezident kelişuv tuzişni afzal köradi», – dedi Davlat departamenti rahbari 5 may kuni keçqurun.
Loyiha haqida gapirar ekan, Rubio uning faqat mudofaa xarakteriga ega ekanini ta’kidladi. «Bizga birinçi bölib öq uzilmagunça otişma bölmaydi», – deb qöşimça qildi u.
Avvalroq AQŞ markaziy qömondonligi (CENTCOM) savdo kemalariga hamrohlik qiliş amaliyotiga esminetslar, samolyotlar va 15 ming nafar harbiy xizmatçi jalb qilinganini ma’lum qilgandi.
Birlaşgan ştablar qömitasi boşliği, general Den Keyn seşanba kuni bergan ma’lumotga köra, Fors körfazida bortida taxminan 22,5 ming dengizçi bölgan 1 500 dan ortiq kema bloklanib qolgan.
Vaşingtonning bayonoti Hörmuz böğozidagi bir qator hujumlar fonida yangradi – bu sulh buzilişi xavfi ostida ekani haqidagi xavotirlarni keltirib çiqargandi. AQŞ tomoni Fors körfazida qolib ketgan kemalarni olib çiqiş maqsadida ekanini bildirgan.













