Soliq qömitasida ötkazilgan oçiq muloqotda blogerlarni soliqqa tortiş masalasi muhokama qilindi. Qayd qilinişiça, jarayon hozir örganiş bosqiçida.

Soliq qömitasining ma’lumotlariga köra, sohani tizimli örganiş doirasida eng faol 110 nafar bloger röyxati şakllantirilgan. Tahlillar şuni körsatdiki, ularning 55 nafari özini özi band qilgan şaxs sifatida, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötgan, qolgan 22 nafari esa jismoniy şaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.

«Bu esa blogerlik faoliyatining amaldagi kölami bilan uning huquqiy maqomi örtasida muayyan nomutanosiblik mavjudligini körsatadi», deyiladi xabarda.

Alohida e’tibor 3 milliondan ortiq obunaçiga ega 6 nafar top-bloger faoliyatiga qaratildi. Aniqlanişiça, 2025 yil davomida ular tomonidan 360 ta «storis» va 184 ta reklama posti joylaştirilgan. Elektron hisobvaraq-fakturalar asosida taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, mazkur blogerlarning jami daromadi 2,7 milliard sömni taşkil etgan, budjetga esa 110,4 million söm soliq tölangan.

Ta’kidlanişiça, uçraşuv davomida iştirokçilarga reklama joylaştirişdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortiş tartibi batafsil tuşuntirildi. Xususan, özini özi band qilgan şaxs maqomi xodim yollaş huquqini bermasligi, amalda esa ayrim blogerlar tomonidan administratorlar va boşqa mutaxassislar jalb etilayotgani qayd etilgan.

Soliq qömitasi mutasaddilarining qayd qilişiça, blogerlik faoliyatini qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş va daromadlar şaffofligini ta’minlaş bugungi kunda dolzarb vazifa bölib qolmoqda.