Uning sözlariga köra, Vaşingtonda «sirlar juda yomon saqlanadi».
«Bu prezident sifatida bilib olinadigan narsalardan biri», dedi Obama.
Uning fikriça, aynan şu sababli «Qöşma Ştatlar hukumati nazorati ostidagi har qanday narsa» — agar bu haqda çindan ham bilişsa, körişsa, suratga olişsa — ertami-keçmi barçaga oşkor böladi.
«Qasam içib aytamanki, obektni qöriqlayotgan biror yigit allaqaçon özga sayyoraliklardan biri bilan selfi olib, öz sevgilisiga yuborgan bölardi», dedi sobiq prezident.
Yil boşida Obama podkastda iştirok etdi va özga sayyoraliklar mavjud bölişi mumkinligini aytdi.
«Ular haqiqiy, lekin men ularni körmadim. Ular «51-zona»da (AQŞ Harbiy-havo kuçlarining qat’iy maxfiy obektining umumiy nomi, uning ustidagi havo hududi yopiq) saqlanmaydi. Agar gap ulkan fitna haqida bormasa va ular buni Qöşma Ştatlar prezidentidan yaşirmagan bölsa, heç qanday yerosti obekti yöq», dedi u.
Keyinçalik Obama «qayerdadir» hayotning mavjud böliş ehtimoli katta, ammo bizga özga sayyoraliklar taşrif buyurişi ehtimoli kamligini tuşuntirdi.
Ommaviy madaniyatda «51-zona» davlat maxfiyligi bilan boğliq, jumladan, köp yillardan beri AQŞ u yerda özga sayyoraliklarni yaşirayotgani haqidagi fitna nazariyasi mavjud. Markaziy razvedka boşqarmasi baza mavjudligini faqat 2013 yilda tan oldi.

















