Rossiya va Ukraina 4 may kuni o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatmoqchi ekanini e’lon qilgandi – ammo ular o‘z qarorlarini kelishib ololmadi. RF mudofaa vazirligi 8-9 may kunlari «G‘alaba kuni bayrami sharafiga sulh» bo‘lishini ma’lum qildi. Volodimir Zelenskiy esa bunga javoban Ukraina «sukunat rejimi»ni oldinroq – 6 mayga o‘tar kechasi boshlashini ma’lum qildi. Harbiy harakatlar to‘xtatilmadi. Ukraina Rossiyani «sukunat rejimi»ni buzishda aybladi va amalda 9 may kuni sulh bo‘lmasligini e’lon qildi. Quyida voqealar qanday rivojlangani ko‘rib chiqiladi.
29 aprel
↓
Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali gaplashdi. Kreml versiyasiga ko‘ra, RF prezidenti G‘alaba kunini nishonlash vaqtida otashkesim e’lon qilish taklifini berdi. Trampning versiyasiga ko‘ra, aslida u Putinga «qisqa muddatli sulh» taklif qilgan.
30 aprel
↓
Volodimir Zelenskiy o‘z vakillariga Tramp jamoasi bilan bog‘lanishni va «gap aynan nima haqida ketayotgani»ni aniqlashni topshirdi. Ukrainaning taklifi – «uzoq muddatli otashkesim» edi.
30 aprel
↓
Kremldagilar Ukraina ham xuddi shunday yo‘l tutishga rozi bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar Rossiya G‘alaba kuni o‘t ochishni to‘xtatmoqchi ekanini ma’lum qildi.
4 may
↓
Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida Putinning qarori bilan Rossiya ikki kun – 8 va 9 may kunlari davom etadigan sulh e’lon qilayotgani aytilgan. Vazirlik agar Ukraina G‘alaba kuni bayramini buzishga harakat qilsa, Rossiya qo‘shinlari «Kiyev markaziga raketalar bilan yopirilma zarba berishi» ta’kidlangan.
4 may
↓
Zelenskiy 6 mayga o‘tar kechasi boshlanadigan «sukunat rejimi» e’lon qildi. «Ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab bir xilda harakat qilamiz», – degan Ukraina prezidenti. Moskvadagilar bunga hech qanday munosabat bildirmadi.
6 may
↓
Zelenskiy tomonidan e’lon qilingan «sukunat rejimi» kuchga kirdi. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Ukrainaga uchta raketa va 108 ta zarbdor dron bilan hujum qilganini ma’lum qildi. Kiyev Moskvani «sukunat rejimi»ni buzishda aybladi. O‘z navbatida, RF mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari tunda Rossiya regionlari va Qora dengiz akvatoriyasida ukrainlarning 53 ta droni hujumini qaytargani to‘g‘risida hisobot berdi.










