AQŞ harbiylari Eronning Keşm orolidagi port va Bandar-Abbos şahriga zarba berdi, deb yozdi Fox News jurnalisti Jyennifer Griffin manbaga tayanib. 

Eronlik harbiylar AQŞ Hörmuz böğoziga kirayotgan ikkita kemaga, şuningdek, Eron hududiga zarbalar yöllaganini ma’lum qildi. Amerikalik harbiylar esa Eron hujumiga javoban öt oçganini aytmoqda.

Bu eskalatsiya Eron TIV AQŞning uruşni töxtatiş böyiça taklifi körib çiqilayotganini ma’lum qilişi ortidan röy berdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga sulh amal qilişi davom etayotganini bildirgan.

«Ular bugun biz bilan öynaşmoqçi böldi. Biz ularni yakson etdik», – degan u Vaşingtondagi Linkoln yodgorligi yonidagi közgusimon hovuz rekonstruksiyasini közdan keçiriş çoğida.

Eron oliy birlaşgan harbiy qömondonligi AQŞni öt oçişni töxtatiş rejimini buzişda hamda Eron neft tankeri va yana bir kemaga zarba berişda, şuningdek, Hörmuz böğozidagi Keşm orolida joylaşgan tinç aholi punktlariga va Eronning materikdagi qismining sohil hududlariga havo hujumlari uyuştirişda aybladi.

Eronlik harbiylar bunga javoban Amerikaning böğozdan şarqda va Çobahor portidan janubda turgan kemalariga hujum qilganini bildirgan.

Eron markaziy ştabi vakili duşmanga «sezilarli zarar» yetkazilganini aytgan. AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi esa öz obektlariga zarba berilmaganini qayd etmoqda.

AQŞ tomoni Eron hujum vaqtida raketalar, dronlar va pilotsiz katerlardan foydalangani, AQŞ flotining uçta esminetsi uşbu hujumlar nişoni bölganini ma’lum qilgan. AQŞdagilar bu hujumga javoban Eronning raketa va dronlar bazalariga, şuningdek, boşqa harbiy inşootlariga zarbalar yöllaganini ta’kidlagan.

«Markaziy qömondonlik eskalatsiyaga intilmaydi, ammo pozitsiyada turadi va Amerika kuçlarini himoya qilişga tayyor», – deyiladi bayonotda.

Eron ham hujum röy bergan taqdirda, javob berişga şay turişini ma’lum qilgan.

«AQŞ va uning ittifoqçilari Eron har qanday tajovuzga qat’iy va ikkilanmasdan javob berişini bilişlari kerak», – degan harbiy idora vakili.

Keyinroq Erondagi Press TV telekanali otişmalardan bir neça soat ötib «Eron orollari va Hörmuz böğozining sohil hududlarida vaziyat normallaşgani» haqida xabar tarqatdi.