Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ va Eron örtasida otişma
Payşanba kuni AQŞ va Eron örtasida yana otişma röy berdi. Bu bir oy davom etgan sulh davridagi eng jiddiy sinov böldi.
Eron harbiy qömondonligi AQŞni Eron neft tankeri va yana bir kemani nişonga olganlikda aybladi. Şuningdek, AQŞ kuçlari Hörmuzdagi Keşm oroli va materikdagi ikkita aholi punktlariga havo hujumlari uyuştirgan. Eron harbiylari bunga javoban böğozning şarqiy qismida va Çobahor porti yaqinida suzayotgan AQŞ harbiy kemalariga hujum qilgan.
Eron harbiy vakili ularning zarbalari «sezilarli zarar» yetkazganini aytdi. Biroq AQŞ Markaziy qömondonligi özining birorta obekti şikastlanmaganini ma’lum qildi.
CENTCOM'ning bildirişiça, Eron uçta harbiy kemani nişonga olgan hujumda raketa, dron va kiçik qayiqlardan foydalangan. AQŞ bunga javoban raketa va dron bazalari hamda boşqa nuqtalarga zarba bergan.
Eron tomoni yana hujumga uçrasa, qat’iy javob qaytarişini bildirdi. «Eron har qanday tajovuzga ikkilanmasdan javob qaytaradi», deyiladi bayonotda. Keyinroq Eron davlat OAVlari bir neça soatlik otişmadan söng vaziyat normal holatga qaytganini xabar qildi.
Prezident Donald Tramp jurnalistlarga sulh hali ham kuçda ekanini aytdi va töqnaşuvning ahamiyatini pasaytirişga harakat qildi. «Ular bugun biz bilan hazillaşdi. Biz esa ularni yakson qildik», dedi Tramp.
Şuningdek, Tramp payşanba kungi harbiy harakatlarga qaramay, Tehron bilan muzokaralar davom etayotganiga işora qildi. Uning ta’kidlaşiça, Eron uning «heç qaçon yadroviy qurolga ega bölmaslik» talabiga rozi bölgan. «Ularda yadroviy qurolga nol imkoniyat bor. Ular buni bilişadi. Buni imzolaşadimi yoki yöqmi, köramiz», dedi u.
Xalqaro moliyaviy bozorlar esa tinçlik kelişuvi haqidagi umidlarga qarab keskin tebranib turibdi.
Zelenskiy: Paradga bormang
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ğalaba paradi munosabati bilan e’lon qilgan çeklangan sulhini tanqid qildi.











