2026 yil 8 may kuni Coca‑Cola kompaniyasi o‘zining tashkil topganiga 140 yil to‘lishini nishonlaydi. Bu shonli sana zamirida o‘sha davrda butun dunyoni zabt etgan oddiygina bir retseptning hayratomuz tarixi mujassam. Coca‑Cola 1886 yilda yaratilganidan buyon mahalliy ichimlikdan dunyoning eng mashhur brendlaridan biriga aylandi va shu bilan birga odamlarni birlashtirish hamda dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishdek ezgu maqsadiga sodiq qolib kelmoqda.

1886 yilda boshlangan tarix

Coca‑Cola tarixi 1886 yilda Atlantada farmatsevt Jon Stit Pemberton o‘sha mashhur ichimlikka asos bo‘lgan noyob siropni yaratishi bilan boshlangan. Uning sherigi va hisobchisi Frenk M. Robinson “Coca‑Cola” nomini taklif qilgan hamda kompaniyaning bugungi kungacha deyarli o‘zgarishsiz yetib kelgan mashhur logotipini ishlab chiqqan.

Dastlabki yillarda ichimlik dorixonalarda sotilgan: bir stakani 5 sentdan, kuniga o‘rtacha 9 stakan.

Brendning rivojlanish tarixi bir vaqtning o‘zida bir nechta sanoat sohasining taraqqiyotiga turtki bergan innovatsiyalar va noodatiy yechimlar bilan kechgan. Masalan, 1894 yilda Coca‑Cola o‘sha davr uchun yangicha usulda — idishlarga quyilib, xaridorlarning manziliga yetkazib berish orqali sotila boshlagan. Keyinroq esa hatto qorong‘ida ham paypaslab bilish mumkin bo‘lgan mashhur qadama (konturli) shisha idish yaratilgan.

1928 yilda Coca‑Cola birinchi marta Olimpiya o‘yinlari hamkoriga aylandi va sport harakati bilan ko‘p yillik hamkorlikni boshladi.

XX asr boshlarida Coca‑Cola marketing strategiyasi qanday qilib brendni shakllantirishiga yorqin misol bo‘ldi?

Sovuq mavsumda sotuvlarni qo‘llab-quvvatlash uchun "Tashnalikning mavsumi yo‘q" kampaniyasi ishga tushirildi. Ushbu kampaniya doirasida 1930 yillarda rassom Xeddon Sandblom Santa Klaus obrazini yaratdi, u keyinchalik dunyodagi bayramning eng taniqli ramzlaridan biriga aylandi.

1985 yilda Coca‑Cola koinotda foydalanishga moslashtirilgan birinchi gazlangan ichimlik bo‘ldi: astronavtlar bilan birga “Challenger” kosmik kemasi bortiga yuborish uchun mo‘ljallangan maxsus naychali banka ishlab chiqildi va 1995 yilda mashhur ichimlikni hatto koinotda ham ichish imkonini beruvchi maxsus qurilma yaratildi. Apparat 1,65 litr klassik va parhez Coca-Cola’ni sig‘dirara olgan.