«Rossiyaga yaqin bölgan ba’zi davlatlar vakillari bizga murojaat qildi, ular Moskvaga bormoqçi. Ğalati istak... şu kunlarda. Biz buni tavsiya qilmaymiz», dedi Zelenskiy 7 maydagi murojaatida.
Ukraina prezidenti Kiyev avvalroq Moskvaga 6 maydan boşlab öt oçişni töxtatişni taklif qilganini, «lekin bizning tinçlik taklifimizga javoban faqat Rossiyaning yangi zarbalari, Rossiyadan yangi tahdidlar bölganini» ta’kidladi.
«Ular Ukrainadan yiliga bir marta maydonga bir soat xavfsiz çiqiş va keyin yana odamlarimizni öldiriş va jang qiliş uçun öz paradini ötkazişga ruxsat söramoqda. Rossiyaliklar allaqaçon 9 maydan keyingi zarbalar haqida gapirmoqda. Rossiya rahbariyatining ğalati va aniq noadekvat mantiqi», dedi u.
Moskvadagi 9 may paradida Belarus, Malayziya, Laos, qisman tan olingan Abxaziya va Janubiy Osetiya rahbarlari iştirok etmoqçi.
Rossiya avvalroq 8 may soat 00:00 dan 10 maygaça bir tomonlama öt oçişni töxtatişini ma’lum qilgan edi. Bunga javoban Ukraina 6 maydan «sukunat rejimi»ni joriy etişni taklif qildi, biroq Rossiya bu taklifni qabul qilmadi va Ukrainaga zarba berişda davom etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi, agar Ukraina Moskvadagi Ğalaba bayramini buzişga harakat qilsa, Rossiya qöşinlari «Kiyev markaziga ommaviy raketa hujumi uyuştirişi» bilan tahdid qildi.
9 mayga tayyorgarlik fonida Rossiyaning 20 dan ortiq şaharlari rasmiylari Ğalaba paradini ötkazişni bekor qildi, Moskva va boşqa bir qator şaharlarda paradni harbiy texnikalarsiz ötkazişga qaror qilindi.

















