Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 9 may, şanba. Bayram munosabati bilan bu gal haftalik dayjestni oldinroq e’lon qilyapmiz. Hafta davomida Eron va AQŞ yana uruşib ketdi. Aftidan, muzokaralar natija bermayapti. Moskvadagi parad atrofida mojaro avj oldi, dunyo futbolidagi eng asosiy musobaqa finalçilari aniqlandi. Quyida haftaning ba’zi muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.
Uruş davom etadimi?
Amerika prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi uruş tugaganini aytgandi. Undan keyin davlat kotibi Rubio çiqib yanada aniqroq qilib «Epik ğazab» operatsiyasi tugaganini aytdi. Lekin Vaşington muzokaralarda Tehronni tavbasiga tayantira olmagan körinadi. Eron BAAga hujum qildi, bunga javoban AQŞ Eron harbiy katerlarini yöq qildi. Keyin eronliklar Amerika esminetsiga hujum qilişga urindi.
Albatta, bu otişmalar uruş qaytalanişiga sabab bölmadi, jiddiy heç qanday özgariş kuzatilmadi, biroq Amerikaday kuçli davlat kuçli pozitsiyada turib muzokara ötkazayotgan bir vaqtda xuddi öşa Amerika prezidenti «taslim bölganini» aytgan narigi davlat hujumlarni davom ettirişi köp narsani anglatadi. Avvalo muzokaralar kutilgandek ötmayotganini.
Amerika hozirça Eronning bu hujumlariga bosiqlik bilan javob qaytarmoqda. Lekin muzokaralarda Eron tomondan kim qatnaşayotgani, kim qaror qilayotgani aniq emas. Agar Amerika kemalariga hujum qilayotgan va muzokaralarda Eron tomondan hal qiluvçi sözni aytayotgan odam bir kişi bölsa, u Tramp bilan yaxşigina siyosiy öyin öynayapti. Agar ikki frontda ikki xil guruhlar qaror qabul qilayotgan bölsa, unda vaziyat yanada jiddiy, ikki tomon bilan ham kelişiş kerak böladi. Xullas, vaziyat mujmal. Yoki Amerika Eronga çinakam kuçini körsata olmayapti yoki eronliklar Amerikaning kuçidan qörqmayapti.
Parij yana finalda
Hafta davomida dunyo futbolidagi asosiy musobaqa — Yevropa Çempionlar Ligasida finalçilar aniq böldi. «Bavariya» va PSJ Parijdagi fantastik birinçi öyindan keyin Myunhenda yana bir bor uçraşdi. Lekin bu gal oldingi kabi intensiv öyin bölmadi, Parij juda aqlli va töğri öyin körsatib, finalga çiqdi. Öyin avvalida Diyego Maradonaning Neapoldagi öng oyoqli izdoşi Xviça Kvaratsxeliya ajoyib yurişi bilan Usmon Dembeleni golli pozitsiyaga olib çiqdi 0:1.
«Bavariya» goldan keyin deyarli butun öyin davomida hujumga bordi, biroq Parij juda yuqori pressing evaziga nemislarga heç qanday imkoniyat bermadi. Safonov töpni atay autga tepaverib, «Oliseni böğib qöyiş operatsiyasini» muvaffaqiyatli boşqardi, Xviça va hujumdagi boşqa yigitlar tez-tez Noyyerni bezor qilib turişdi. Harri Keyn javob golini juda keç urdi, qolganiga nemislarning kuçi yetmadi.











