«Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda uç kunlik öt oçişni töxtatiş e’lon qilişdan mamnunman. Rossiyada şu kunlarda Ğalaba kuni nişonlanmoqda, ammo Ukraina ham Ikkinçi jahon uruşining muhim qismi va iştirokçisi bölgan», deb yozdi Oq uy rahbari.

Uning sözlariga köra, bu öt oçişni töxtatiş barça jangovar harakatlarni töxtatişni, şuningdek, har bir tomondan 1000 kişidan iborat asirlarni almaşişni öz içiga oladi.

«Prezident Vladimir Putin va Prezident Vladimir Zelenskiyning roziligini yuksak qadrlayman. Umid qilamanki, bu juda uzoq, qonli va oğir uruşning tugaşining boşlanişi böladi. Ikkinçi jahon uruşidan beri eng yirik bölgan bu mojaroni tugatiş böyiça muzokaralar davom etmoqda va biz kun sayin maqsadga yaqinlaşmoqdamiz», deb tuşuntirdi u.

4 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ğalaba kunini nişonlaş şarafiga 8-9 may kunlari Ukraina bilan uruşda sulh e’lon qildi. Vazirlik Kiyevni Moskvadan örnak olib, sulh e’lon qilişga çaqirdi. Agar Ğalabaning 81 yilligini nişonlaşga tösqinlik qilişga uriniş bölsa, Rossiya «Kiyev markaziga ommaviy raketa hujumi»ni amalga oşiriş bilan tahdid qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy şundan söng 6 maydan boşlab «sukunat rejimi» joriy etilişini e’lon qildi.