Boş vazir Kir Starmerning hukmron Leyboristlar partiyasi Buyuk Britaniyadagi mahalliy va mintaqaviy saylovlarda oğir mağlubiyatga uçradi. Asosiy ğolib yevroskeptik Nayjyel Faraj boşçiligidagi öng qanot populistik Reform UK partiyasi böldi, deb yozdi Reuters.
Xabar qilinişiça, leyboristlar Angliyaning şimolidagi, şuningdek, Şotlandiya va Uelsdagi an’anaviy tayanç hududlarda qöllab-quvvatlovni yöqotgan. Yaqindagina marginal deb hisoblangan Reform UK partiyasi turli mahalliy kengaşlarda 700 dan ortiq öringa ega böldi va amalda mamlakatning asosiy siyosiy kuçlaridan biriga aylandi.
Reuters naşrining ta’kidlaşiça, saylov natijalari «an’anaviy Britaniya ikki partiyali tizimining parçalaniş belgisi» böldi, çunki nafaqat Starmer boşçiligidagi Leyboristlar partiyasi, balki uning abadiy raqibi Konservativ partiya ham mağlubiyatga uçradi. Şu bilan birga, Reform UK partiyasidan taşqari, boşqa an’anaviy autsayder partiya - siyosiy spektrning boşqa tomonidagi söl Yaşillar partiyasi, şuningdek, Şotlandiya va Uelsdagi mintaqaviy millatçilar öz vakilligini sezilarli darajada oşirdi.
The Guardian naşrining yozişiça, leyboristlar hatto yillar davomida ularning işonçli elektoral bazasi hisoblangan «qizil» okruglarda ham önlab mandatlarni yöqotgan. Xususan, Reform UK Nyukasl-ander-Laymni nazoratga oldi va Xartlpuldagi barça 12 örinni qölga kiritdi. Şu fonda partiya içida Starmerning iste’fosiga çaqiriqlar yangradi.
The Guardian gazetasi iqtibos keltirgan britaniyalik leyborist deputat Jonatan Breş boş vazir iste’foga çiqişi kerakligini oçiqçasiga aytdi. Sobiq «soyadagi» kansler Jon Makdonnell ham partiya rahbariyatini özgartiriş zarurligiga işora qildi.
Şu bilan birga, Starmerning özi lavozimini tark etişdan boş tortdi.
«Saylovçilar özgarişlar sur’ati haqida, öz hayotini qanday yaxşilaşni xohlaşi haqida xabar berdi. Men bu çaqiriqlarga javob beriş uçun saylanganman va men bundan böyin tovlab, mamlakatni tartibsizlikka duçor qilmoqçi emasman», dedi Starmer.
Öz navbatida, Nayjyel Faraj partiyasining ğalabasi «Britaniya siyosatidagi tarixiy özgarişlardan» dalolat berişini va endi Reform UK leyboristlar va konservatorlar timsolida Britaniya hukumatiga «haqiqiy muxolifatga» aylanganini aytdi. Faraj, şuningdek, partiyasi 2029 yildan keçiktirmay ötkaziladigan Britaniya parlamentiga «umumiy saylovlarda ğalaba qozoniş yölida» ekaniga işonç bildirdi.

















