Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 may kuni Moskvada ötkaziladigan harbiy parad paytida Qizil maydonga zarba bermaslik haqidagi farmonni imzoladi.
Farmon bilan maydon hududi «kvadrati» Ukraina qurollarini qöllaş rejasidan çiqarib taşlangan. Hujjatda çeklov qöllaniladigan kvadratning aniq koordinatalari körsatilgan. Zelenskiy bu qarorni «köp sonli iltimoslar» va 8 may kuni Amerika tomoni bilan muzokaralarda belgilangan gumanitar maqsad bilan izohladi.
Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan e’lon qilingan vaqtinçalik otaşkesim şartlariga amal etişga tayyorligi haqida rossiyaliklarni ogohlantirganini ma’lum qildi. Şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan 9 may kuni e’lon qilingan 1000 ga 1000 formatida asirlar almaşinuvi haqidagi gumanitar masala qöşimça argument bölganini tasdiqladi.
«Qizil maydon biz uçun vatanga qaytarilişi mumkin bölgan ukrainalik asirlarning hayotidan köra kamroq ahamiyatga ega», deb yozdi u.
Farmon AQŞ prezidenti Donald Tramp 9-11 may kunlari Ukraina va Rossiya örtasidagi uruşda uç kunlik sulh e’lon qilganidan keyin imzolandi.
4 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi, agar Ukraina hukumati Ğalabaning 81 yilligini nişonlaşga xalaqit berişga harakat qilsa, Kiyev markaziga «ommaviy raketa hujumi» bilan tahdid qildi va Ukraina poytaxtining tinç aholisi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlarini «şaharni öz vaqtida tark etişga» çaqirdi.
Bu yilgi Qizil maydondagi Ğalaba paradi 18 yil içida birinçi marta harbiy texnikalarsiz, şuningdek, suvorovçilar, naximovçilar va kadetlar iştirokisiz ötkaziladi - Rossiya Mudofaa vazirligi buni «operativ vaziyat» bilan izohladi. Paradda Rossiyaga yaqin davlatlar yetakçilari ham iştirok etişi kutilmoqda.

















