Ta’lim | 19:40
992
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik olim Green University’ga prorektor bo‘ldi

Tunsyan Szou bugunga qadar Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti yordamchisi, Xitoy madaniyat va turizm akademiyasi dekani, shuningdek, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Xitoylik olim, professor Tunsyan Szou Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ning ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Professor Szou Xitoyning eng ko‘p iqtibos keltiriladigan tadqiqotchilaridan biri bo‘lib, olimning ilmiy qiziqishlari turizm, tabiiy resurslar, ekologiya, madaniy meros va barqaror rivojlanish masalalarini qamrab oladi.

Tunsyan Szou bugunga qadar Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti yordamchisi, Xitoy madaniyat va turizm akademiyasi dekani, shuningdek, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Professor Xitoyning “Milliy yetakchi mutaxassisi” sifatida e’tirof etilgan hamda XXR Davlat kengashining maxsus davlat stipendiyasi sohibi hisoblanadi.

U YuNESKO, Xitoy Milliy ijtimoiy fanlar jamg‘armasi va Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi ko‘magida yirik xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. Shuningdek, “Tabiat himoyachisi” va “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish