Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina masalasini hal qiliş böyiça yakuniy kelişuvga erişilganidan keyin Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazişga qarşi emas. U 9 may kuni ötkazilgan Ğalaba paradi yakunlanganidan bir neça soat ötib jurnalistlar qarşisiga çiqdi va savollarga javob qaytardi.

Putin Zelenskiy özi bilan şaxsan uçraşmoqçi bölayotgani, Rossiya heç qaçon bundan boş tortmasligi, «kim istasa, Moskvaga kelişi mumkinligi»ni aytgan.

Şu bilan birga, u uçinçi mamlakatda uçraşişga ham qarşi emasligi, ammo bu muzokaralar ötkaziş uçun emas, balki bitim imzolaş uçun bölişi kerakligini qayd etgan.

«Bu uçraşuv yakuniy nuqta bölişi lozim. Çunki biz muzokaralar nimaligini bilamiz. Men buni şaxsan Minskdagi muzokaralarda bilib olganman. Soatlab, keçasi-yu kunduzi tinimsiz gaplaşasan, lekin foydasi bölmaydi», – degan Rossiya prezidenti.

Putin avval mutaxassislar har ikki tomon uçun tuşunarli bölgan hujjatlarni kelişiş uçun «işlaşi, hamma narsani qilişi» kerakligini qayd etgan. «Bu holda istalgan joyda uçraşib, imzo qöyiş yoki imzolaşda iştirok etiş mumkin», – deya xulosa qildi u.

Brifing çoğida Putin Ukraina mojarosi yakuniga qarab ketayotgani haqida ham gapirgan.

Putin Rossiya ukrainlar bilan 2022 yilda Istanbulda kelişuvga erişgani, biroq şundan söng Fransiya prezidenti Emmanuel Makron unga qönğiroq qilib, Ukraina bunday tarixiy hujjatlarni «çakkasiga töpponça tiralgan holda» imzolay olmasligini aytganini eslagan.

U kelişuvga köra Rossiya öz qöşinlarini Kiyevdan olib çiqib ketişi kerak bölgani va Moskva bunga rozi bölgani, keyin esa Buyuk Britaniyaning öşa vaqtdagi boş vaziri Boris Jonson Rossiya bilan bu kelişuv imzolab bölmasligi, çunki bu adolatsiz kelişuv ekanini aytganini ta’kidlagan.

«Ukraina tomoni vakili bu hujjatlarni ma’qullagan bölsa, uning adolatli yoki adolatsiz ekanini kim belgilaydi? Bu yerda adolatsizlik nimada, buni kim hal qiladi? Xöp, yaxşi, Ukrainaga yordam va’da qilişdi va Rossiya bilan hanuz davom etayotgan qarama-qarşilikni avj oldirişdi. Öylaymanki, iş yakuniga yetay deb qoldi, ammo baribir bu jiddiy narsa», – degan Putin Ğarbdagi siyosatçilarning aralaşuvi haqida gapirib.