Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Tramp Eronning taklifini rad etdi

Prezident Donald Tramp Eronning AQŞ tinçlik taklifiga bergan javobini tezkorlik bilan rad etdi. Bu 10 haftadan beri davom etayotgan mojaroning çözilişi va Hörmuzning yopiq qolişi borasidagi xavotirlarni kuçaytirmoqda.

AQŞ muzokaralarni qayta boşlaş umidida taklif kiritganidan bir neça kun ötib – yakşanba kuni Eron öz javobini e’lon qilgandi. Tehronning javobida uruşni barça frontlarda, ayniqsa Livanda tugatiş, uruş zararlari uçun tovon puli va Hörmuz böğozi ustidan öz suvereniteti ta’kidlangandi.

Şuningdek, Eron AQŞni dengiz blokadasini töxtatişga, kelgusida hujum qilmaslikka kafolat berişga, sanksiyalarni bekor qilişga va Eron neftini sotişga qöyilgan taqiqni olişga çaqirgan.

Bir neça soat içida Tramp batafsil töxtalmasdan Eronning taklifini rad etganini yozdi. «Bu menga yoqmayapti — MUTLAQO QABUL QILIB BÖLMAYDI», degan Tramp özining ijtimoiy tarmoğida.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham hali uruş tugamaganini, Eronning boyitilgan urani diplomatik yöl bilan yoki kuç işlatib olib taşlanişi kerakligini aytdi.

Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon esa Eron «heç qaçon duşman oldida boş egmasligini» va «milliy manfaatlarni qat’iyat bilan himoya qilişini» yozdi.

Livan janubida esa töqnaşuvlar davom etmoqda. 9 may kuni Isroilning Livan böylab yöllagan zarbalari oqibatida kamida 39 kişi halok böldi. Bunga javoban «Hizbulloh» Isroil şimoliga raketa va dronlarni uçirdi.

Körfaz davlatlari – BAA, Qatar va Kuvaytda dronlar bilan boğliq bir neçta holat qayd etildi. Boşi berk köça haqidagi xabarlar ortidan duşanba kuni neft narxi bir barrel uçun 3 dollarga qimmatlaşdi.

Uşbu uruş AQŞ saylovçilari tomonidan qöllovga ega emas. Bundan taşqari, AQŞ xalqaro miqyosda ham deyarli yordam ololmayapti. Tramp çorşanba kuni Pekinga kelişi kutilmoqda. Xitoy rahbari bilan uçraşuvda Eron masalasi ham muhokama qilinadi.

Ukrainadagi uruş «yakunlanyapti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin şanba kuni Ukraina uruşi yakunlanişiga işonişini aytdi. «Menimça, masala yakuniga yetmoqda», dedi Putin jurnalistlarga.