«Men Amerika moliyaviy kömagini, ya’ni örtamizdagi harbiy hamkorlikning moliyaviy tarkibiy qismini nolga tuşirişni istayman», dedi Netanyahu CBS NEWS telekanalining «60 Minutes» dasturiga bergan intervyusida.
Netanyahuning aytişiça, Isroil AQŞdan yiliga qariyb 3,8 milliard dollar miqdorida harbiy yordam oladi. AQŞ 2018 yildan 2028 yilgaça bölgan davrda – Isroilga jami 38 milliard dollar harbiy yordam körsatişga rozi bölgan.
Israeli Prime Minister Benjamin Netanyahu tells 60 Minutes he wans Israel to eventually stop relying on U.S. military aid: “It's time that we weaned ourselves from the remaining military support.” https://t.co/mEN4CWeXMW pic.twitter.com/LIwJKrfMOQ
— 60 Minutes (@60Minutes) May 10, 2026
Biroq «hozir AQŞ–Isroil moliyaviy munosabatlarini qayta körib çiqiş uçun «mutlaqo» töğri vaqt», deydi Netanyahu. «Men keyingi Kongressni kutişni istamayman. Men hoziroq boşlamoqçiman».
Isroil uzoq vaqtdan beri AQŞ Kongressida harbiy yordam böyiça har ikki partiya Respublikaçilar tomonidan ham, Demokratlar tomonidan ham yakdil qöllovga ega edi. Biroq 2023 yil Ğazoda boşlangan genotsid uruşidan keyin AQŞ qonun çiqaruvçilari va jamoatçilik tomonidan Isroilni qöllab-quvvatlaş darajasi zaiflaşgan.
Joriy yil mart oyida ötkazilgan Pew tadqiqotiga köra, AQŞdagi voyaga yetgan aholining 60 foizi Isroil haqida salbiy fikrda. 59 foizi esa Netanyahuning xalqaro işlar böyiça töğri qaror qabul qilişiga juda kam işonadi yoki umuman işonmaydi. Ikkala körsatkiç ham bir yil oldingiga nisbatan yetti foizga oşgan.
Netanyahuning aytişiça, AQŞda Isroilni qöllab-quvvatlaşning yomonlaşişi «ijtimoiy tarmoqlarning geometrik ösişi bilan deyarli 100 foiz boğliqdir».

















