Bu haqda 10 may kuni Reuters xabar berdi.

Saudi Aramco rahbari Amin Naserning ta’kidlaşiça, hatto Hörmuz böğozi qayta oçilib, neft yetkazib beriş tiklangan taqdirda ham bozor va narxlarni barqarorlaştiriş uçun vaqt talab etiladi.

Uning sözlariga köra, AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşiga qöşimça ravişda, neft sohasiga yillar davomida yetarli sarmoya kiritilmagani ham bozordagi bosimni kuçaytirgan. Bu esa allaqaçon past darajaga tuşib qolgan jahon neft zaxiralariga yanada oğir ta’sir körsatmoqda.

Reuters yozişiça, jahondagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bölgan Saudi Aramco’ning 2026 yil birinçi çoragidagi sof foydasi 25 foizga oşib, 32,5 milliard dollarga yetgan. Kompaniya hissasiga jahon neft zaxiralarining taxminan 12 foizi töğri keladi.

Amin Naserning aytişiça, kompaniya Hörmuz böğozi blokadasini çetlab ötiş uçun öz neft quvuridan foydalanmoqda.

Uşbu quvur Fors körfazining şarqiy sohilidan Qizil dengizgaça kuniga 7 million barrelgaça xom neft taşiş imkoniga ega.

Avvalroq Financial Times S&P Global Energy va Goldman Sachs tahlilçilari ma’lumotlariga tayanib, 2026 yil apreli yakunlariga köra jahon neft zaxiralari rekord darajada — 200 million barrelga kamayganini xabar qilgan edi.

S&P hisob-kitoblariga köra, aprel oyida neft hajmi kuniga 6,6 million barrelga qisqargan. Bu talab pasayganiga qaramay kuzatilgan.

Neftga bölgan talab esa kuniga 5 million barrelga tuşib ketgan. Bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinçi eng katta pasayiş hisoblanadi. Bundan ham kattaroq tuşiş faqat koronavirus pandemiyasi davrida qayd etilgan.

Mutaxassislar fikriça, bozor hali neft zaxiralari qisqarişining rekord sur’atlariga töliq reaksiya bildirmagan. Şu sababli neft narxlarining asosiy ösişi hali oldinda bölişi mumkin.

Financial Times ma’lumotiga köra, hozir dunyoda qazib olingan, ammo hali qayta işlanmagan umumiy xom neft zaxirasi taxminan 4 milliard barrelni taşkil etadi. Biroq uşbu hajmning katta qismi neftni qayta işlaş zavodlari va quvur tizimlarining kundalik işini ta’minlaş uçun doimiy ravişda foydalaniladi.