AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga asoslangan yangi infografika dunyodagi mis zaxiralarining mamlakatlar böyiça taqsimotini körsatib, uşbu resurslar qançalik yuqori darajada töplanganini yaqqol namoyon etadi.

Kelgusi ön yilliklarda misga bölgan talab keskin oşişi kutilmoqda. Bunga elektrlaştiriş jarayonlari, sun’iy intellekt infratuzilmasining rivojlanişi va elektr tarmoqlarining kengayişi sabab böladi. Şu şaroitda resurslar geografiyasi strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Mis zaxiralari böyiça mutlaq yetakçi — Çili. Mamlakatda taxminan 180 million tonna mis zaxirasi mavjud. Bu körsatkiç keyingi örindagi Avstraliya zaxiralaridan qariyb ikki barobar köp bölib, talab tez ösib borayotgan şaroitda Çiliga jahon bozorida katta ta’sir kuçini beradi.
Çili hissasiga dunyodagi barça mis zaxiralarining taxminan 18 foizi töğri keladi. Bu esa mamlakatning yirik işlab çiqaruvçi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Ayniqsa, Atakama çölidagi yirik konlar Çilini mis yetkazib beriş böyiça global zanjirlarning markaziy böğiniga aylantirgan. Peru ham salmoqli zaxiralarga ega bölsa-da, u Avstraliya kabi Çilidan keyingi “ikkinçi eşelon” davlatlari qatoriga kiradi.
Mis zaxiralari dunyo böyiça juda notekis taqsimlangan. Beşta davlat — Çili, Avstraliya, Peru, Kongo Demokratik Respublikasi va Rossiya ma’lum bölgan jahon mis resurslarining yarmidan köpini nazorat qiladi.
Avstraliyada taxminan 100 million tonna mis zaxirasi bor. Peru, Kongo Demokratik Respublikasi va Rossiyada esa bu körsatkiç 80–85 million tonna atrofida. Umuman olganda, yetakçi davlatlar röyxatini Lotin Amerikasi mamlakatlari, şuningdek, resurslarga boy Afrika va Yevrosiyo mintaqalari şakllantiradi.
Insoniyat tarix davomida 700 million tonnadan ortiq mis qazib olgan. Biroq razvedka qilingan zaxiralarda hali qariyb 1 milliard tonna mis mavjud. Bu qolgan resurslar kölamini ham, ularni özlaştiriş qançalik murakkab ekanini ham körsatadi.
Uşbu zaxiralarning katta qismi çuqurroq qatlamlarda yoki qazib oliş qiyin bölgan hududlarda joylaşgan. Bu esa qazib olişni qimmatroq va texnologik jihatdan murakkabroq qiladi. Energetika va elektrlaştiriş sohalarida talab tez ösib borayotgan bir paytda taklif va kelajak ehtiyojlari örtasidagi tafovut jahon iqtisodiyoti uçun asosiy muammolardan biriga aylanişi mumkin.
















