Xususan, Eronning javob takliflaridan bir neça soat ötgaça Tramp ijtimoiy tarmoqdagi posti bu taklifni rad etib qöya qoldi.
«Bu menga yoqmayapti — MUTLAQO QABUL QILIB BÖLMAYDI», deb yozdi Tramp batafsil ma’lumot bermasdan. AQŞning özi köproq bahsli masalalar, jumladan, Eronning yadroviy dasturi böyiça muzokaralarni boşlaşdan oldin harbiy harakatlarni töxtatişni taklif qilgandi.

Tramp yakşanba kuni Eronga qarşi harbiy amaliyotlar yakunlangani haqidagi savolga «Ular mağlub etildi, ammo bu ularning işi bitdi degani emas», deya javob berdi.
Eronning javoblari qanday edi?
AQŞ muzokaralarni qayta boşlaş umidida taklif ilgari surganidan bir neça kun ötib – yakşanba kuni Eron öz javoblarini e’lon qilgandi. Reuters’ning yozişiça, unda uruşni barça frontlarda, ayniqsa Livanda davom etayotgan Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi janglarni töxtatiş nazarda tutilgandi.
Tehron, şuningdek, uruş zararlari uçun tovon puli talab qilgan va Hörmuz böğozi ustidan Eron suverenitetini ta’kidlagan. «Tasnim» axborot agentligiga köra, Eron AQŞni dengiz blokadasini töxtatişga, kelgusida hujum qilmaslikka kafolat berişga, sanksiyalarni bekor qilişga va Eron neftini sotişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşga çaqirgan. Yuqoridagi post orqali AQŞ yetakçisi bu takliflarni rad qildi.
Harbiy harakatlar
Diplomatik urinişlarga qaramay, sönggi kunlarda böğoz atrofida yirik töqnaşuvlar kuzatildi. Yakşanba kuni Birlaşgan Arab Amirliklari Erondan kelayotgan ikkita dronni urib tuşirganini ma’lum qildi. Qatar esa öz suvlarida Abu-Dabidan kelayotgan yuk kemasiga berilgan dron zarbasini qoraladi. Quvayt havo mudofaa tizimlari öz havo hududiga kirgan duşman dronlariga qarşi harakat qilganini bildirdi.
Livan janubida ham Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi töqnaşuvlar, AQŞ vositaçiligidagi sulhga qaramay davom etmoqda



















