O‘zbekiston | 11:00
1363
6 daqiqa o‘qiladi

7000+ assortiment, narx va sifat muvozanati: 25 yillik tajribaga ega Tekled brendi asoschisi bilan suhbat

Bugun qurilish bozorlari va savdo markazlarida yoritish mahsulotlari tanlovi keng: chiroq, rozetka, kabel va boshqa elektr jihozlari turli narx hamda sifat segmentida sotilmoqda. Biroq arzon mahsulotlar fonida barqarorlik, xavfsizlik masalasi ko‘pincha ikkinchi planda qolmoqda. Ayrim hollarda esa sifatsiz elektrotexnika jihozlari elektr tarmoqlarida nosozliklar, hatto yong‘inlarga ham sabab bo‘layotgani kuzatiladi. Xo‘sh, aslida yoritish mahsulotlarini to‘g‘ri tanlashda qaysi jihat ko‘proq muhim? Kun.uz muxbiri ayni shu mavzuda Tekled kompaniyasi direktori Murotjon Jo‘rayev bilan suhbatlashdi.

Tekled kompaniyasi bugun O‘zbekistonda yoritish va elektrotexnika mahsulotlarining keng assortimentlarini taklif qiluvchi brendlardan biri sifatida tilga olinadi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, tashkilotning asosiy ustunligi faqat mahsulot emas, 25 yillik tajriba va global hamkorlik zanjiridir.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya ilgari Osram, Philips, General Electric kabi yirik brendlar bilan ishlagan, shuningdek, Viko by Panasonic’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan. Bugungi kunda esa barcha yo‘nalishlar Tekled va Tekled Electric brendlari ostida birlashtirilgan.

“Asosiy tamoyilimiz o‘zgarmagan: sifat, katta hajmda mavjud mahsulot va narxlardagi muvozanat. Keng assortiment deganda mijoz bitta joyga kirib, oddiy lampochkadan tortib murakkab sanoat yoritgichlari, dekorativ lyustralardan tashqi fasad yoritish tizimlarigacha bo‘lgan barcha kerakli mahsulotlarni topa olishini nazarda tutamiz. Odam turli bozorlarni aylanib vaqt yo‘qotmasligi, bitta joyning o‘zida yechimga ega bo‘lishi biz uchun juda muhim.

Katta hajmda mahsulot mavjudligi ham shunchaki raqam emas. Bu real ehtiyoj. Bizda ko‘p tovarlar omborda tayyor turadi. Ushbu imkoniyat mijozga kutishsiz, tez va aniq yechim beradi. Ayniqsa, qurilishdagi yirik loyihalarda mazkur jihat katta ahamiyatga ega, negaki vaqt yo‘qotish pul yo‘qotish bilan tengdir”, – deydi brend asoschisi Murodjon Jo‘rayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yoritish mahsulotlarini tanlashda iste’molchi birinchi navbatda narxga emas, quyidagi to‘rtta omilga e’tibor berishi kerak: energiya tejamkorligi, sifat, dizayn va hamyonboplik.

“Eng muhim narsa – tejamkorlik. Chunki bu elektr xarajatiga bevosita ta’sir qiladi. Keyin sifat turadi. Dizayn va narx esa oxirgi omillardir”, – deydi u.

Real bozor amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, narx, odatda, sifat bilan bog‘lab qo‘yiladi. Mahsulot arzon bo‘lsa, avtomatik tarzda “past sifatli” degan fikr shakllanadi. Mutaxassis esa bu yondashuvni to‘liq to‘g‘ri deb hisoblamaydi. Uning fikricha, narxni tushirish har doim ham sifatni pasaytirish hisobiga bo‘lmaydi. Aksincha, vaziyat ishlab chiqarish miqyosi, logistika zanjiri va texnologik jarayonlarga bog‘liq.

“Masalan, bir mahsulot 100 dona emas, 1000 dona hajmda ishlab chiqarilsa, tannarx sezilarli darajada tushishi mumkin. Bu esa yakuniy narxga ham ta’sir qiladi”, – deydi Murodjon Jo‘rayev.

Shu bilan birga, u mazkur yo‘nalishda yetarlicha muammolar ham borligini inkor etmaydi. Past sifatli kabel, arzon patronlar, noto‘g‘ri yig‘ilgan konstruksiyalar mahsulotning tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

“Ba’zan tashqi ko‘rinishi chiroyli, lekin ichki qismi juda past sifatli mahsulotlar ham uchraydi. Eng katta xavf mijozning bir qarashda farqni sezmasligida. Noto‘g‘ri yig‘ilgan yoki sifatsiz materiallardan tayyorlangan yoritish uskunalari elektr tarmog‘ida ortiqcha qizish hosil qilib, qisqa tutashuvga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu esa ayrim hollarda yong‘in xavfini keltirib chiqaradi”, – deydi u.

Kompaniya rahbariga ko‘ra, Tekled brendi mahsulotlari 180–250 volt diapazonida barqaror ishlashga moslashtirilgan. Bu mahalliy elektr tarmoqlaridagi tebranishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan texnik yechim hisoblanadi. LED lampalar esa an’anaviy yoritish vositalariga nisbatan 5–20 foizgacha energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.

Do‘konlardagi fasad yoritgichlari, ko‘cha lampalari va projyektorlar IP65 darajadagi himoya tizimiga ega. Mazkur mahsulotlar yomg‘ir, qor va chang sharoitida ham ishlashga mo‘ljallangan. Mutaxassislarning aytishicha, sifatli ishlab chiqarilgan bu kabi yoritgichlar 5–6 yilgacha rangini yo‘qotmaydi va tashqi muhit ta’siriga bardosh beradi.

Ayni vaqtda Tekled brendi ostidagi savdo nuqtalarida 7000 dan ortiq assortimentdagi yoritish mahsulotlarini topish imkoni mavjud.

Ko‘rsatuvni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

 
Reklama huquqi asosida

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish