Ma’lum qilinişiça, Kogon tumani hokimi örinbosari öz xizmat mavqeidan foydalanib, tamagirlik yöli bilan 12 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergov ma’lumotlariga köra, Buxoro tumanida şartnoma asosida dehqonçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi fermer “Qum Sulton” massivida joylaşgan ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaşda muammoga duç kelgan. Sabab sifatida Kogon tumani hududi orqali keladigan suvning töxtatib qöyilgani körsatilgan.

Fermer mazkur muammoni hal qiliş böyiça yordam sörab tuman hokimi örinbosariga murojaat qilgan. Mansabdor şaxs esa suvni oçib berişini va kelgusida bu borada muammo bölmasligini aytib, evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilgan.

U 12 ming dollar miqdoridagi pul mablağini olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida uşlangan.

Hozirda tuman hokimi örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.