Orzudan voqelikkaça – Usmon Azimning riyosiz sözlari
|13:59 / 12.05.202614 88032 min
Haqiqiy yozuvçi-şoirlar haqiqatni yozişni xuş köradi.
Dunyoning qaysi bir çetidagi adolatsizlik ularga xuddi özining uyida röy berayotgandek tuyuladi. Qaydadir adolatning barqarorligi yoki ğalabasi ularning ruhiyatini kötaradi. Ular har bir yaxşi odamning muvaffaqiyatidan quvonadi, odamlarning muammolari esa ularning ham dardiga aylanadi.
Ular — vatanparvar. Har holda Özbekistonda xuddi şunday. Vatanning gullab-yaşnaşi, ijobiy özgarişlar har bir fuqaroning hayotini yuksaltiriş sari qöyilgan qadam ekanini teran his qiladilar, kayfiyatlari kötariladi. Xudoga ming şukrki, bu özgarişlar har soatda, har kuni röy berib turibdi. Butun mamlakat harakatda. Eng muhimi, bu islohotlar jaydari tusda emas, balki jahonning eng ilğor texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Şaroitlar yaratilgani tufayli investitsiyalar bemalol kirib kelyapti. Rivojlaniş şiddati butun mamlakatni qamrab olgan.
Qalam ahli bu va köplab boşqa yutuqlardan boxabar. Muammolarni bartaraf etiş yölidagi sa’y-harakatlarni ham mudom sezib turadi.
Yaqinda bir guruh ijodkorlar bilan qöşni döst mamlakatda safarda böldik. Bir keç öz-özidan badiha davra tuzilib, suhbat gurillab ketdi. Avval mezbon mamlakatni Özbekiston bilan taqqos qila boşladik. Baravariga “Biz oldinga ketibmiz” degan xulosaga keldik! Bugungi Özbekiston haqida gaplaşdik. Men yetmiş olti yil umr körganimni, ammo xalqimiz heç qaçon bunday yayrab yaşamaganini aytib qoldim. Davradagilar bu gapimni ham bir oğizdan tasdiqladi. Ha, şunday! Heç qaçon bunday yaşamaganmiz!
Yuraklarni faxr bilan töldirgan bu e’tiroflar qaçon könglimizni töldirdi?
Axir biz e’tirof etgan yutuqlar öz-özidan paydo bölgani yöq-ku!
Uning ortida kimning mehnatiyu zahmati, betinim harakati yotibdi?
Mamlakatimizning barça hududida yoyilgan bunyodkorlikka kim ğayrat-şijoat bağişlayapti?
Savollarga javob bitta: bu olamşumul zafarlarning ortida bir kişining, ha, bir kişining — Özbekiston Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning fidokorligi turibdi.
Oz emas, köp emas, Yangi Özbekistonni qurmoqçi bölgan şu azamat insonning misli körilmagan fidokorligi!
Men bu inson haqida köp öyladim. Oxiri, bu odam haqida yozmasam, adolatdan bölmas ekan degan qarorga keldim.
Yöq, xuşomad qiliş niyatim yöq. Nimaga xuşomad qilaman? Yoşim bir joyga borgan bölsa, mukofotu unvonlarni ham heç kimga likillamay olgan bölsam...
Mavzuga oid
1
Bu islohotlar boşlanganda mamlakat qay ahvolda edi?
Odamlar qanday yaşayotgan edi?
Özimning boşimdan ötkazganlarimni bir eslay.
Men köp qavatli uyda yaşayman. Uyimiz neça-neça qişlar böyi isimasdi. Bir farzandim keyinçalik “Şu uyda bir umr sovuq qotib ulğaydik”, deb esladi.
Nafaqaga çiqdim. “Işlasang, nafaqangning yarmi tölanadi”, deyişdi. Nima deyman? Xöp-da... Köpga kelgan töy.
Maoş hemiri. Yarim pensiyaga qöşib, oydan oyga arang yetkazamiz.
Tölov plastik kartasi bilan boğliq maşmaşalarni-ku, aytmay. Dökonga borasan. Kerakli molning narxini söraysan. “Naqd olsangiz, sakson söm, plastik karta bilan tölasangiz, yuz...”.
Denovda — bozorning naq örtasida “plastik kartadagi pulni naqdga almaştiriş punkti” oçildi. Öşa bezbet şaklda — yuz söm yeçib olişsa, sakson söm qölingga berişadi. Eng dahşati, bu “punkt”ni bunday hollar yuz bermasligini nazorat etuvçi taşkilotlarning odamlari yuritdi. Dodingni kimga aytişni bilmaysan...
Bu löttibozliklar butun xalq köz öngida röy berdi. Heç kim miq etolmadi. Qörquv. Bu qörquvdan yaralgan taqdirsizlik — ertani öylaşdan çöçiş — mudom yelkadan toşday bosib turdi.
Qarz kötardim. Dollarda qarz berganlarga dollarda qaytarib beriş kerak. Bank kassalarining yoniga ham borolmaysan. Banklar dollarni sotuvga çiqarib, özi sotib olib yotibdi. Odamlarini qöyib qöygan — allaqanday şanği xotinlar...
Bozorga borasan. Har qadamda “dollarçi”lar şaykasi... Dollarning narxi rasmiy kursdan ikki barobar baland. Kör bölib olasan.
Surxondaryoda ğalla yetiştirgan bir tadbirkor menga uçraşib, ğallasini topşirganini, ammo haqini yeb ketişganini aytdi. Men bir-ikki amaldorga aytgan böldim. Biror natija çiqmadi. Tadbirkor şu xörlikning jabridan ölib ketdi...
U-bu joylardagi özgarişlar odamlarning dasturxoniga yetib kelmadi. Mamlakatni firibgarlar bosdi.
Bu işga qarşi kuraşişi zarur bölgan taşkilotlar davlat içida davlat tuzdilar. Odamlar ustidan zöravonlik joriy etildi.
Masalan, Surxondaryoda xavfsizlik xizmati allaqanday faşistik (boşqa söz ularning qilmişini ifodalab berolmaydi) tizim örnatdi. Odamlarni paşşa örnida körmadilar. Xörladilar, mulklarini tortib oldilar, misli körilmagan qiynoqlarga soldilar, öldirib ham yubordilar. Qiynoqlarning Stalin zamonida keçgan usullarini qölladilar. Ularni yanada yangi “poğona”larga kötardilar.
— Tirnoqlarimni suğurib oldilar, — deb zorillab eslaydi ularning qöliga tuşgan bir begunoh. — Hammasini baravar suğursalar ham mayli edi, har kuni bittasini suğuradilar...
Hatto hokimlarga ham tazyiq ötkazildi. Bu yurtda ular ham işlaşdan bezib qoldi. Noiloj işdan ketiş haqida ariza yozdilar.
Mustaqillikdan odamlarning köngli qoldi.
Bitta-yarim tanişlar menga ham ta’na qila boşladi: “Ana siz orzu qilgan istiqlol...”.
Rosti, men ham bebaxt yaşadim. Gazeta-jurnallarda yozganlarimni naşr etiş nari tursin, ism-familiyamni ham öçirib taşlaydigan bölişdi. Men nima qilgan edim? Bir körsatuvda “Birovlar harom-xariş yöl bilan pul töplayapti. Payti kelgaç, pulini kötarib, xorijga jönab ketadi” degan rost gapni aytgan edim, xolos. Bu körsatuv tufayli televideniyedagi neça-neça ijodkorlar jazolandi, işdan ketdi...
Tan olaylik, mustaqillikning ilk davrida yangi tizimli mamlakatni bunyod etiş, noçorlikdan qutuliş uçun bir qadar qattiqqöllik ham zarur edi. Ammo mamlakat rivojlanib borgani sari bu qattiqqöllik örnini adolat ölçamlariga mos yöriqlar asta-asta egallab borişi kerakligi ham barçaga ayon edi. Biroq bunday bölmadi. Çunki eng tepadagi odam ham nayrangbozlarning qölida asirday yaşadi. Joylarda röy berayotgan, hatto öz oilasida röy berayotgan voqealardan ham ğaflatda qoldi. Barça adolatsizliklar sir tutildi.
Yuqorida yozganlarimni heç kim rad etolmaydi. Ularni bor böyiça körsatiş uçun esa neça jildlab kitoblar yozilsa böladi. Men faqat boşimdan ötkazganlarimning va tuğilgan yurtim Surxondaryoda röy bergan maş’um voqealarning bir qisminigina eslayapman.
Avj olgan muammolarni bartaraf etiş yöllarini heç kim bilmasdi.
Biroq Parvardigor bilguvçidir! U mamlakatni rivojlaniş sari yönaltiriş uçun nima qiliş kerakligini aniq bildi.
Mamlakat Prezidentligiga Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev saylandi va… birdan möjizalarga öxşaş hodisalar röy bera boşladi.
Aytib ötganim — körgiliklar bitta-bitta yeçimini topib ketaverdi. Tölov plastik kartalari risoladagiday işlay boşladi. Pensiyalar töliq beriladigan böldi. Banklar yangiça işlaş tizimiga ötdi: xohlasalaring, mana söm, istasalaring dollar, marhamat... Surxondaryodagi odam qiyofasidagi hayvonlar ham jazosini oldi. Ammo bu yeçimlarni topiş uçun qançalar sabot va jasorat kerak bölgani faqat va faqat Şavkat Miromonoviçning bir öziga ayon. Axir qalamga olganim hodisalardan taşqari, uning zimmasida yana qança-qança taşvişlar bor edi.
Birgina Surxon xalqini zor qaqşatgan mustaqillikning zararkunandalari şaykasini tugatiş naqadar qiyin bölganini tasavvur qilaman. Axir ular osmondan tuşmagan — bu gumrohlarni Toşkentdagi martabasi baland, beli baquvvat, birovni nazar-pisand qilmaydigan homiylari qöllab-quvvatlab turardi. Bu jinoyatçilar tödasining kölami juda katta — bir-biri bilan ziç boğlanib ketgan, xalqning manfaati degan muqaddas tuşunçani tuşida ham körmagan, odamlar hayotini xasdan ham arzon bilgan bedavolardan iborat edi. Avval mana şu tödaning boşi kesildi. Bu iş oson bölmadi. Böşangroq bir odam bölganda ular bilan murosai madora etib ketaverardi. Ammo Şavkat Miromonoviç bunday qilişni öziga ep bilmadi. Çunki örtada Vatan, xalq taqdiri bor edi. Bölajak Vatanni bunday tödalarga panja orasidan qarab emas, balki bu toifa noqislardan tozalab, pokiza niyat va ezgu harakatlar bilan yaratiş lozimligini Şavkat Miromonoviç mudom his etib turardi.
Vatanni halol odamlar yaratişini bu inson juda teran tuşunadi.
Qotillik illati yuqqan bu kaslardan el-yurt ozod qilindi. Avval “tepa”dagi, keyin pastdagi qatlam ildizi bilan suğurib taşlandi. Bu gaplar aytişga oson...
Mamlakatimiz tarixida uşbu voqealar kimgadir juda kiçik epizod bölib tuyular, ammo Vatanni xalqning boşiga çiqib olgan bunday jirkanç tödalardan ozod etiş uçun rahbarimizga qançalar matonat va qat’iyat kerak bölganini bir tasavvur qilib köring!
Esimda: bu voqealar nihoyasiga yetkazilgaç, Prezidentimiz Surxonga taşrif buyurib, “Surxondaryo xalqi, endi ozodsan!” deb elga murojaat etgan edi.
Haqiqatan, Surxondaryo erkin nafas oldi.
Men faqat yaxşi bilganim — Surxondaryo haqida yozyapman. Özbekistonda esa ön törtta ma’muriy-hududiy birlik bor. Prezidentimizning ulardagi muammolarni hal etişdagi mardonavor sa’y-harakatini qalamga oliş uçun esa bu maqola kiçiklik qilişini sezib turibman.
2
Odamlar yaxşilikka tez könikadi. Bir-ikki “Yaxşi böldi-ye!” deb quvonadi-yu, keyin xuddi hamişa şunday bölganday ötib ketaveradi. Nazarimda, şunday bölgani ham durust! Odamlar odamga öxşab yaşaşni örganyapti! Munosib yaşaş möjiza emas, şunçaki har kuni biz yuzma-yuz duç keladigan voqelik ekaniga könikib boryapmiz-da!..
Ammo men rivojlaniş jarayoni şu qadar jadal borayotganidan baribir quvonaman.
Avliyolar, olimlar maskani bölgan Termiz esimni bilganimdan buyon körimsiz, çang-tözonga qorişgan, soya-salqindan yiroq — yopiq harbiy şaharça edi. Unga kirişning özi ham bir maşaqqat — harbiylarning posti örnatilgan, har bir yölovçining pasporti sinçiklab tekşirilar, agar Surxondaryo hisobida bölmasangiz, ötib köring-çi!
Mustaqillikdan keyin esa, xabaringiz bor, bunday tekşiruvlar yanada avj oldi. Endi har bir viloyat örtasida sun’iy tösiqlar — postlar örnatildi. Bu holat xalqimizning mamlakatimiz böylab erkin harakatlanişiga xalal beradigan ortiqça maşmaşa edi. Pasportni unutgan bölsangiz, bu postlardan ötişning yagona yöli — imkonini topib, “posbon”larga pora beriş edi... Boşqa ilojingiz yöq. Nazarimda, bu postlar xuddi şunday vaziyat yaratiş uçun qöyilgan tuzoq edi...
Surxondaryoda esa bu holat yölovçini jiddiy tahlikaga soladigan darajada murakkab edi. Viloyatga kirişda — Darband postida xuddi xorijga ketayotganingiz kabi bor-yöğingiz tintilar, yuklaringiz esa lentaga solinib, lazerli uskunalar yordamida közdan keçirilardi. Bu ham yetmagandek, jomadonu sumkalar ham oçdirilib, tekşirilardi... Tintuv. Xullas, pora bermasangiz, qutulib böpsiz. Termizga va Sariosiyoga kiraverişda yana şu holga duç kelinar edi.
Bu tösiqlarning hammasi Şavkat Miromonoviçning bir şaşti bilan yöq böldi.
Çangu ğuborga qorişgan Termiz ham birdan özgara boşladi.
Hozir bu şahar köçalarining ikki çetida manzarali daraxtlar soya taşlab turibdi. Ketguniça yam-yaşil çimzor. Gullar ajib did bilan ekilgan. Yaqinda mehmonxonadan maşinada çiqib, mana şunday gözal — bir qariç ham uzilmagan manzarani oralab, aeroportgaça bordim. Xorijiy kurort şaharçalarni eslatadi. Yangi qurilgan şinam, körkam imoratlar ham yaraşiqli. Menga öqituvçilardan biri “Odamlarning uy-joyga ehtiyoji töliq ta’minlangan, bir xonadonda ikki-uç oila tiqilib yaşaşdan qutulgan”, deb qoldi. Amaldor emas, öqituvçi aytdi!
Termiz esa ösyapti. Baland-baland binolar qad kötaryapti. Hatto şahar erkin nafas rostlab, tiqilmay kengayişi uçun qöşimça yerlar kerakligi közga taşlanib qoldi. Şavkat Miromonoviç bu masalani ham hal qilib berdi — şaharga qöşimça joylar ajratildi.
Öquvçida “Surxondaryoda faqat Termiz gullab-yaşnayotgan ekan” degan taassurot qolmasligi uçun aytib qöyay, viloyatlardagi barça tumanlar özgaça qiyofa kasb etgan. Çamasi, beş-olti yil avval bir guruh san’atkorlar bilan Surxonning şimoliy hududlari sari ketayotgan edik. Yölda bir zum çalğibman. Özimga kelib qarasam, bir notaniş şaharning yonidan ötyapmiz. Köp qavatli uylar, orasida orasta yölaklar, daraxtlar, bolalar öynaydigan maydonçalar lip-lip ötadi. Qayerga kelib qoldik? Surxondaryoning har bir qariç yerini bilaman. Nahotki, tuş körayotgan bölsam? Bir oz yurgaç, angladim: bu — Denov. Ha, özim boşdan-adoq kezib-bilib yurganim Denov! Ey Xudo! Bu şahar içidagi şahar — möjiza qaçon, qanday barpo böldi? Şunça tezmi? Angladim — bu möjiza Prezidentimizning şijoati tufayli bunyod bölgan! Söng tasavvur qildim: mamlakatda qança tuman bor, qança şahar bor, boringki, mahallalar bor.... Barçasida mana şunday bunyodkorlik ketayotgan bölsa kerak-da! Ketyapti!
Butun mamlakatda bunday yoppa bunyodkorlikni qaysi qudrat harakatga keltiryapti? Bu savolga javob aniq: Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev!
3
Men majlislarda kam qatnaşaman. Maqsad majlis ötkazişdangina iborat bölgan yiğinlardan özimni tortaman.
Ammo yaqin kunlarda ikki majlisda qatnaşib, vaqt qanday ötganini sezmadim. Zavqlanib ötirdim. Özbekistonni sevadigan bir vatanparvar sifatida faxru quvonçga töldim. Gap Vatanimizning bir bölagi bölgan Surxondaryoning ertasi haqida ketdi. Prezidentimiz viloyatda 2030 yilga qadar amalga oşiriladigan rejalar haqida sözladi.
Majlisda rejalar haqida şunçaki gapirilmadi, balki uni amalga oşiriş uçun puxta, kölamli va aniq tayyorgarlik körilgani ma’lum böldi. Masalan, mana bu tarzda: reja loyihasi tayyor, mablağ bor (bank boşliği tasdiqlaydi yoxud jahondagi qaysi investor bilan kelişilgani aytiladi), bu rejani amalga oşiradigan taşkilot ham şay turibdi. Işni qaçon boşlaş sanasi ham avvaldan aniqlangan. Mutasaddilar yana bir bor majlis ahli oldida axborot berdi. Har bir loyihada qança iş joyi oçilişi ham oçiqlab borildi. Yuzlab, minglab...
Har bir reja haqida söz ketganda, şu tartib amalga oşirildi. Biror-bir işni bajariş orzu sifatida aytilmadi. Aksinça, qat’iy işonç bilan axborot berildi.
Bu rejalarning bir uçi xorijga borib qadalganda esa onlayn tarzda majlisda qatnaşayotgan elçilarimiz çet ellik hamkorlar hozir turganini, Özbekistondan imo bölgaç, şu zahotiyoq uçib borişini ma’lum qildi. Xorijlik hamkorlar ham unday-bunday mamlakatlardan emas — Xitoydan tortib, Janubiy Afrika Respublikasigaça!
Şavkat Miromonoviç heç narsani unutmadi. Prezidentimiz bugun nima işlarni bajariş lozimligini, ertaga nimani amalga oşiriş kerakligini içki — ongosti tuyğu bilan his qilişini şundoq sezib turdim.
Kattayu kiçik muammolarning yeçimini topişda bir xil mas’uliyat bilan yondaşişiga, ba’zan badihalariga ham guvoh böldim.
Majlisdan avval boysunlik — kuraş böyiça birinçi jahon çempioni Toştemir polvon Muhammadiyev bilan yoş kuraşçilar uçun oçilgan internat haqida suhbatlaşgan edik. Majlis söngroğida Prezidentimiz ana şu polvonga murojaat qilib qoldi:
— Sening internatingning maktabi yöğ-a?
— Yöq, — dedi polvon.
— Bolalar qayerga öqişga boradi?
— Şu atrofdagi qişloqlardagi maktablarga.
Şavkat Miromonoviç közi bilan zaldan kerakli odamni izlab topdi:
— Puling bor-a?
— Ha, — deb örnidan qözğaldi “kerakli odam”.
— Şu polvonning internatiga maktab qurib berolasanmi?
“Kerakli odam” jon deb rozi böldi.
— Birinçi sentabrgaça tayyor bölsin! — dedi Prezidentimiz.
Zavqlanganimdan sekingina bölsa-da “Voya”, deb yubordim. Axir Şavkat Miromonoviçning yelkasida qariyb öttiz töqqiz million nufusli xalqning taşvişi turibdi! Mamlakatda eh-he qança maktab bor! Endi kelib-kelib, Prezidentimiz Toştemir polvonning maktab-internati muammosini eslab ötirsa!..
Yiğinda menga ham söz berildi va men bu majlisni surxondaryoliklar uçun bayram deb atadim. Çunki tuşunişimça, Vatan degan muhtaşam imorat rivoji uçun qöyilgan har bir ğişt — bayram. Bugun esa qançadan qança ğiştlar qöyildi!
Bu majlisda aytilgan va kelgusida amalga oşiriladigan har bir reja yurt xazinasi qançalar boyişi, odamlar xonadoniga qançalar fayzu baraka olib kirişi haqidagi raqamlarni eslab ötirmayman. Çunki ular matbuotda yetarliça yoritildi.
Ammo bir qutluğ xabarni aytmasam bölmaydi.
Yigirma oltinçi aprelda Boysunga boradigan böldim.
Termizdan keladigan yöl manzilga olti-yetti kilometr qolganda yuqoridagi majlisda tilga olingan — bir neça yillardan buyon qurilişi davom etayotgan Darband — Denov trassasiga qöşiladi. Biz bölajak trassaga tuşdik. Pişiq qilib işlangan beton yöl. Ğizillab ketyapmiz. Faqat ikki joyda gavarasi kötarilib, qurilişi nihoyasiga yetmagan köpriklarni aylanib ötdik, xolos. Içimda “Bir-ikki oyda bitib qolar”, deb öyladim.
Tört kundan keyin “Boysun bahori” festivalida qatnaşiş uçun şu yöldan yana ötişga töğri keldi. Bu safar maşinamiz tayyor bölgan köpriklar ustidan ğizillab ötib ketdi! Ha, tayyor bölgan köpriklar ustidan! Oradan faqat tört kun ötib!.. Yana ruhimni quvonç seli bosdi! Qoyil! Va Termizdagi majlisda aytilgan barça rejalar öz muddatida bajarilişiga işonçim komil böldi.
Prezidentimiz yiğin söngida şu taxlit rejalar bilan barça viloyatga va Qoraqalpoğistonga borilişini ta’kidlab ötdi! Yana mamlakat kelajagini barpo etiş yölida ommaviy jadal harakat! Bir zum böşaşmaydigan, el dasturxoniga baraka beradigan rejalar. Bu rejalarning asosçisi Şavkat Miromonoviç ham bir zum tinim bilmaydigan, mudom xalq manfaati uçun kuyib-yonadigan inson! Ezgu niyatlariga fariştalar omin deydi! Parvardigor rahmat eşigini oçadi!
Men yaqin kelajakda yurtimizning eng ilğor mamlakatlar qatoridan örin olişiga işonaman. Bu işonçimga qöşilmaydiganlar bölsa, Jahon bankining Özbekistonning rivojlaniş sur’ati haqidagi raqamlariga murojaat etsin. Bank 2026 yilda mamlakatimiz yalpi işlab çiqarişi sur’atini 7,7 foiz etib, prognoz beryapti. Xorijlik mutaxassislarning fikriça, ön-ön ikki yildan keyin Özbekistonning yalpi işlab çiqarişi trillion dollardan oşar ekan! Trillion! Bular osmondan olingan emas, aniq faktlar tahlili asosida yuzaga kelgan raqamlar! Köz tegmasin!
Uzr, xorijlik mutaxassislarni ham xijolat etib qöyyapmiz! Yuqoridagi raqamlarni yozgandan keyin hozirgina öqib qoldim: ösişimiz sur’ati ularning taxminidan juda yuqori — 8,7 foizdan ziyod ekan!
4
Dunyoning uluğ donişmandlari insoniyatni tutib turgan qadriyatlar haqida oxir-oqibat yagona xulosaga kelgan. Insonlar, xalqlar, davlatlar örtasidagi munosabatlarga özi ham aralaşib, ne-ne ğavğolarni boşdan ötkazgan Alişer Navoiy bir kuni mana bunday satrlarni bitgan:
Olam ahli, bilingizkim,
iş emas duşmanliğ,
Yor ölung bir-biringizgaki,
erur yorliğ iş.
Bu bayt ma’nosini barça anglab turgan bölsa ham mayli, şarhlab qöyay: “Dunyo odamlari, — deyapti şoir, — bilib qöying: duşmanlik yaxşi iş emas. Bir-biringiz bilan döst böling, insonga faqat döstlik yaraşadi”.
Şavkat Miromonoviç, nazarimda, hali Prezidentlik lavozimiga saylanmasdan oldin ham “duşmanliğ iş emas” ekanini çuqur tuşungan. Markaziy Osiyodagi qondoş-jondoş mamlakatlar örtasida avj olgan noxuşliklarni yuragi açişib kuzatgan. U boşqargan Vazirlar Mahkamasining vazifasi xöjalik yuritiş bölgani uçun qöşnilar bilan munosabatimiz yomonligi tufayli rivojlaniş imillayotganini teran his qilgan. Eng muhimi, bu ğalvalardan odamlar ham azoblanayotganini öz közi bilan körgan.
Albatta, şunday bölgan! Şu bois, Şavkat Miromonoviç mamlakat boşqaruvi jilovini öz qöliga olgaç, bir zum tin olmay, avvalo, qöşnilar bilan qardoşlik-qarindoşlik riştalarini tiklay boşladi. Bu iş qança oğir-yengil keçgani faqat şu ezgu niyatli odamning öziga ma’lum. Ammo natija qutluğ — qöşni mamlakatlarga yölimiz tuşsa, Özbekistonning bir fuqarosi sifatida biz ham izzat-hurmat köryapmiz.
Surxondaryo viloyati uçta mamlakat bilan çegaradoş. Şörolar davrida, masalan, Tojikiston bilan Özbekiston örtasida çegara bor-yöqligi esimizga ham tuşmasdi. Termiz yopiq şahar bölgani uçun Duşanbega ham uçib borib, Surxonga ötib ketaverardik. Ba’zilar kattaroq bozor-öçarini Duşanbega borib qilardi... Ammo mustaqillikdan keyin bir muddat ötgaç, hamma öziga xon, öziga bek bölib oldi. Çegaradan ötiş uşalmas orzuga aylandi!
Hozir tarixga aylangan boşoğriq bu kunlardan bir şingil voqeani kuni keça hikoya qilib berişdi. Sariosiyoda yaşaydigan bir keksa ayolning Regardagi singlisi vafot etganda jigarining qabrini ziyorat etiş uçun sakkiz yil urinib, çegaradan ötolmagan ekan. Regar bilan Sariosiyoning orasi, ha boringki, yarim soatlik yöl!
Ikki mamlakat örtasida döstlik-birodarlik munosabatlari örnatilgaç, qarindoşlar bu uzoq ayriliqdan söng yiğlab-siqtab yuz körişdi. Duşanbedan şuvillab maşinalar Surxondaryoga keladigan, uç-tört sariosiyolik döstlar “Duşanbeni bir aylanib kelaylik”, deb yölga çiqadigan böldi. Bir qadam yöl! Ertalab borib, keçqurun qaytib kelasiz!
Tojikistonni boşqa hududlar, qöyingki, jahon bilan boğlovçi asosiy yöllar yurtimiz orqali ötadi! Endi bunday imkoniyatlarga ega tojik xalqining xurramligi neçoğliq bölganini tasavvur eting!
Şu sababdan Şavkat Miromonoviç bu qöşnilarimiz yurtiga taşrif buyurganda, Emomali Rahmon sahnadan turib, hazil aralaş juda zör lutf etgan edi: “Bular, — dedi u zalni töldirib ötirgan tojik xalqi vakillariga işora etib, — sizni mendan ham ortiq yaxşi köradi!”. Mana hurmat! Mana qardoşlik!
Prezidentimizning bu taşrifidan söng bir muddat ötgaç, beş-olti yozuvçi jam bölib, Duşanbega bordik. Maqsadimiz Boysunda tuğilgan döstimiz, Tojikiston xalq yozuvçisi Sattor Tursun vafoti munosabati bilan yaqinlariga hamdardlik bildiriş edi. Yoz kunlari. Egnimizda yozlik engil-boş... Aeroportda esa bizni ön-ön beş çoğli kişi — oppoq köylak, qora kostyum-şim kiygan tojik döstlarimiz kutib oldi. Ertasi kuni kutilmaganda Tojikiston Yozuvçilar uyuşmasida qardoş adabiyotlarimiz aloqalari haqida konferensiya ötkazildi. Yana hamma öşa rasmiy kiyimda. Köçada esa yoz... Birodarlar, bu tarzda majlisning nomini izzat-ikrom deydilar! Özbeklarga izzat-ikrom!
Bizni Surxondaryoga olib ketgani yurtimizdan oğaynilar keldi. Men yölda qanday ketsak böladi, avtomobillarni haydovçilar qaysi tezlikda haydasa ma’qul, milisalar töxtatsa, qanday muomala qiliş kerak deb sörab qoldim. Har holda maşinalarimiz raqami Özbekistonniki-da! Tojik döstlarning javobi meni hayron qoldirdi:
— Har qanday tezlikda haydayveringlar! Milisalar töxtatmaydi! Prezidentimiz “Özbeklar mening mehmonim — ularga heç kim teginmasin”, deb yuqori minbarda aytgan!
Qalay?
Bu gaplar özbek xalqiga hurmatning eng çöqqisi edi.
Ikki xalq örtasidagi bu izzat-hurmatning qaytişi, yanada yuqori darajaga kötarilişi Şavkat Miromonoviçning jonkuyarligi, samimiy — diplomatik mahorati va insoniy fazilatlari bilan boğliq edi.
Yaqinda atoqli özbek şoiri Şavkat Rahmon tavalludining 75 yilligini nişonlaş uçun Öş şahriga bir guruh ijodkorlar bilan yölga çiqdik. Ilgari ham Öş safarida bölganman. Çegara maşmaşalarini öylab, könglim xijil bölib borayotgandim. Ammo bezovtalikka örin yöq ekan. Özbekiston fuqaroligiga oid hujjatlarimizni körsatib, bemalol ötib ketaverdik. Qirğizlar ham yurtimizga şunday kirib kelyapti.
Bu bemalollikni yaratgan, ikki xalq örtasida işonç va haqiqiy döstlikni qayta barpo etgan insonlarni alqadik. Axir, bu ikki qöşni xalq örtasidan nimalar ötmagan edi!
Şavkat Rahmonning yubileyiga bağişlangan ijodiy keça nihoyatda baland saviyada ötdi. Majlisda Qirğiziston hukumatining boş kotibi, nufuzli TURKSOY taşkiloti rahbari, Öş şahri hokimi qatnaşdi va nutq sözladi. Şavkat Rahmon öqigan maktabga va şaharning katta köçalaridan biriga şoir nomi berildi.
Albatta, bu katta şoir şunday ehtiromga arziydi. Şubha yöq. Ammo baribir bu samimiy ehtiromning sababçisi Şavkat Miromonoviç ekanini ham har daqiqada his qilib turdik.
Kamina Qozoğiston safarida bölganimda döstlarning xuddi şunday mehriga duç keldim. Bir emas, bir neça mukofot bilan taqdirlandim. Hatto xorijiy bir mamlakatning adabiy mukofoti ham qozoq döstlarimizning tavsiyasi bilan menga topşirildi. Agar munosabatlarimiz avvaldagiday ğarazli keçganda, şunday hol röy berarmidi?!
Markaziy Osiyo xalqlari örtasidagi bu ittifoqçilikning, bağrikenglikning va mehru muhabbatning boş me’mori Şavkat Miromonoviç ekanini hozir barça körib turibdi. Xorijliklar ham bu mintaqani rivojlaniş sari boşlab boradigan kuç sifatida Özbekistonga qaramoqda.
Men, asosan, azaliy yaqin qöşnilarimiz bilan munosabatlar haqida yozdim. Har kuni özgarayotgan bu çigal dunyodagi boşqa mamlakatlar bilan munosabatlarimiz ham aytişga arzigulik ekanini ta’kidlab ötmoqçiman. Masalan, Afğoniston bilan yetarli darajada aloqalar örnatganmiz. Axir bu mamlakat orqali okeanlarga çiqiş orzumiz bor!.. Hozir şundoq Amudaryodagi köprikdan ötib, özbek tuproğiga qadam qöyilgan joyda “Özbekiston — Afğoniston çegara oldi savdo hududi” bunyod etilgan. Qator-qator dökonlar, mehmonxonalar, oşxonalar... Savdo-sotiq avjida. Hudud tölib-toşib ketyapti. Prezidentimiz bu hududga yana qöşimça yer ajratiş haqida topşiriq berdi.
Albatta, bu yon qöşnilarimiz ham Özbekiston rahbari şa’niga iliq sözlar aytgani-aytgan...
Dunyoda haqiqiy obröga ega böliş oson iş emas. Bu rutbaga iste’dodli, özini ayamay mehnat qiladigan, farosatli, boşqalarning ham manfaatini hurmat etadigan, öz mamlakatini ham jonidan yaxşi köradigan siyosiy arboblargina sazovor böladi.
Mana şunday obröga ega bölganlardan biri esa bizning Prezidentimiz — Şavkat Miromonoviç! Ha, özimizning Prezidentimiz!
5
Mamlakatimizdagi özgarişlarning oqimi juda katta. Ularning hammasi “Men — özbekman!” deganlarni quvontiradi.
Masalan, keyingi oylardagina röy bergan qator yangiliklar hali-hanuz meni hayratga solib kelyapti.
Agar ikki-uç yil avval birov “Barçamizning jonimizga tekkan şu paxtadan sakson-töqson sentnerdan hosil olinadi”, desa, kamina “Qöysang-çi”, deb kulişi aniq edi. Ammo xuddi şunday böldi! Yana qayerda deng? Sirdaryoda! Bu viloyatda talabaligimda paxta terganman. Örtaça yigirma sentnerdan hosil olinsa, döppi osmonga otilardi! Endi esa... Odam işonmaydi. Hatto dehqonlarning özi ham çanoqlar boşdan-adoq oçilgan paxtazorga qarab, hayrat bilan gapirganiga guvoh bölganman. Xorijdan uruğlik keltirildimi? Keltirildi. Ammo özimiz ham qarab turganimiz yöq. “Porloq” navli ğözamiz xorijiy navlardan ortiq bölsa ortiq, lekin kam emas!
Bir jumla bilan bilan aytilganda, paxtaçilikda inqilob röy berdi!
Hayratlanarli yana bir voqea.
Olmaliqda 3-mis boyitiş fabrikasi işga tuşirildi. Bunday fabrikalar qurilib, işga tuşiriliş jarayoni butun jahonda ön yilga çözilar ekan. Bizda esa tört yilda (ha, tört yilda!) amalga oşirildi. Bu muddatga hatto özimizning eng katta mutaxassislar ham, amerikalik hamkor ham işonqiramagan ekan. Mana şu amerikalik endi butun jahonni Özbekistonning bu tezkor tajribasini örganişga çaqirdi.
Yana bir hayrat. Faqat men emas, hali özbeklarning neça-neça avlodi ğururlanadigan möjiza — Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilişi. Bu markaz ajib did bilan qurilgan koşona. Devorlarida qöl bilan işlangan naqşlar, butun dunyodan yiğib kelingan — ilgari özimizdan olib çiqib ketilgan noyob eksponatlar, Usmon Qur’oni, qadimiy qölyozmalar... Ularni namoyiş etiş uçun eng zamonaviy texnologiyalarning qöllanişi...
Şavkat Miromonoviç markazning qurilişi haqida qiziq tuşuntiriş berdi: “Bu markazning qurilişida şoşmadik. Sakkiz yilda oxiriga yetkazdik...”.
Bu izoh menga juda yoqdi. Çunki navbatdagi bir imorat emas, balki san’at asari qurilayotgan edi! San’at asari yaratilişiga xuddi şunday sabr-toqat bilan yondaşiladi! Prezidentimiz mana şu noziklikni anglagan!
Xullas, asrlarga tatigulik inşoot dunyoga kelgan.
Men internetda bu möjizani tomoşa qiliş uçun borayotgan ikki kişining suhbatini eşitdim.
— Sen, — dedi ularning biri imorat bor böyiça köringaç, — Tojmahalni ham körgansan. Qaysi zör?..
— Bu zör-ov, — dedi hamrohi binoga nazar taşlab. Söng işonç bilan bir qarorga keldi. — Bu zör!
Tamom, vassalom! Bu zör!
Bunday bunyodkorliklar haqida yozaversam, ado bölmaydi şekilli.
Bugun internetni oçdim. Mana, tilga olingan yangiliklar: Toşkentdan Xorazmga yöl olgan “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi, Toşkent viloyati markazidan Bekoboddan aylantirilib, Yangiyerga boradigan yangi 111 kilometrli yangi temir yöl qurilişi, Samarqandga boradigan yangi tezkor yöl, Toşkentdagi yangi aeroportdagi asosiy işlarning boşlanişi...
Nazarimda, hayratlarimning endi çeki bölmaydi.
Söngsöz örnida
Sport işqiboziman. Işqibozligimni biladigan Xayrulla degan jurnalist
ukam — töqsoninçi yillarning oxirida bölsa kerak, futbol gazetalaridan biriga intervyu olib qoldi.
— Mana, Yaponiya futbol jamoasi jahon çempionati finaliga yöllanma oldi, — dedi u. — Biz qaçon jahon çempionatiga çiqamiz?
— Endi, — dedim men atrofimdagi voqeliklarni bir zum köz oldimga keltirib, — mamlakatimizning Yaponiyaga mengzab rivojlanişini kutamiz-da, ukam.
Orzumizga erişdik. Futbolçilarimiz final yöllanmasini qölga kiritdi. Demak... Yaponiyaga mengzab ketyapmizmi? Şunga juda öxşaydi. Har holda rivojlanişimiz sur’ati kunçiqar yurtnikidan ança baland.
Işonçim komil, şunday böladi!
Çunki Vatanimizning bugunini va ertasini yaratişga vatanparvar, xalqparvar, işbilarmon va adolatli inson bel boğlagan!