Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamçisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqçi böldi, deya xabar tarqatdi Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinişiça, sudya yordamçisi JIB Angor tuman sudi iş yurituvida bölgan jinoyat işi böyiça 2 nafar sudlanuvçiga nisbatan aniqlangan 6,3 mlrd sömlik zarar miqdorini qayta baholaş töğrisida sud ajrimi çiqariş orqali kamaytirib, ularga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlatiş va dastlabki tergov davrida qöllanilgan “qamoq” ehtiyot çorasini bekor qildirişni va’da bergan.

Evaziga sudlanuvçilarning qarindoşidan 53 ming dollar olgan vaqtida, DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan qölga olingan.

Hozirda sudya yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.