Naşr ta’kidlaşiça, qiş davomida Rossiya dron va raketa hujumlari orqali Ukraina şaharlari hamda energetika tizimiga deyarli har keça zarba berib kelgan bölsa, hozir vaziyat özgarmoqda.

“Ukraina hozir deyarli har bir harakati orqali Rossiyaga tobora kattaroq zarar yetkazmoqda”, — deb yozadi jurnal.

Maqolada qayd etilişiça, Rossiyaning kutilgan bahorgi hujumi samarasiz çiqqan. 2026 yil aprel oyida Rossiya Qurolli kuçlari 2024 yil avgustidan buyon ilk bor egallaganidan köra köproq hududni yöqotgan.

The Economist’ning AQŞdagi Uruşni örganiş instituti (ISW) xaritalari asosida keltirgan ma’lumotlariga köra, sönggi 30 kun içida Rossiya 133 kvadrat kilometr hudud ustidan nazoratni yöqotgan.

Şu bilan birga, Ukraina tomonidan Rossiya hududi içiga amalga oşirilayotgan uzoq masofali zarbalarning kölami, masofasi va intensivligi ortib borayotgani ta’kidlangan.

Naşr ma’lumotlariga köra, mart oyida Ukraina ilk bor uzoq masofali dron hujumlari soni böyiça Rossiyadan özib ketgan.

Ukraina dronlari mamlakat çegarasidan qariyb 2000 kilometr uzoqlikdagi iqtisodiy va harbiy obektlarga muntazam zarba bermoqda. Bu esa Rossiya aholisining taxminan 70 foizi ukrain dronlari yetib bora oladigan hududda yaşaşini anglatadi.

The Economist hisob-kitoblariga köra, Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli bosqin boşlaganidan buyon 1,4 million nafar harbiy xizmatçisini halok bölgan yoki oğir yaralangan holda yöqotgan. Hozirda Rossiya armiyasining oylik yöqotişlari 35 ming nafarni taşkil etmoqda.

Londondagi Qirollik kolleji harbiy tadqiqotlar fakultetining faxriy professori Lourens Fridman fikriça, yaqin oylar uruş taqdiri uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.

Uning aytişiça, Rossiya Ukraina dron texnologiyalari sohasidagi yutuqlariga qarşi qanday çora körişi va yozgi hujum uçun katta kuç töplayotgan-töplamayotgani ma’lum böladi.

11 may kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Bryusselda bölib ötgan YeI taşqi işlar vazirlari yiğinidan söng Ukraina hozir bir yil oldingidan ança kuçli pozitsiyada ekanini bildirdi.