Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Saudiya ham Eronga maxfiy zarbalar bergan
Saudiya Arabistoni Yaqin Şarqdagi uruşda qirollik hududiga amalga oşirilgan hujumlarga javoban Eronga nisbatan köplab e’lon qilinmagan zarbalar berdi. Bu haqda Reuters naşri masaladan xabardor bölgan Ğarbdagi va Erondagi rasmiylarga tayanib ma’lum qildi.
Ğarb rasmiylariga köra, Saudiya Harbiy-havo kuçlari amalga oşirgan uşbu hujumlar mart oyi oxirida yuz bergan, deb baholanmoqda. Ulardan biri bu harakatlarni şunçaki «Saudiya zarbaga uçraganiga javoban qaytarilgan, öxşaş zarbalar» deb atadi.
AQŞ bilan çuqur harbiy aloqalarga ega bölgan Saudiya Arabistoni 10 haftalik uruşda AQŞning «harbiy soyaboni»ni teşib ötgan hujumlar qarşisida zaif qolgandi.
Reuters agentligi aniq nişonlar nima bölganini tasdiqlay olmadi.
Manbalarga köra, Saudiya Arabistoni amalga oşirilgan zarbalar haqida Eronni xabardor qilgan. Buning ortidan intensiv diplomatik aloqalar va qattiqroq qasos haqidagi tahdidlar kuzatilgan. Bu esa ikki davlat örtasida vaziyatni yumşatiş böyiça özaro kelişuvga olib kelgan.
Saudiya va Eron taşqi işlar vazirliklari uşbu xabarlarga izoh bermadi.
Duşanba kuni WSJ naşri BAA ham Eronga harbiy zarbalar berayotganini yozgandi. Biroq ularning yondaşuvi bir xil emas: BAA qat’iyroq pozitsiyani egallab, Eronga oğir tovon tölatişga intilmoqda. Riyod esa Eron bilan aloqalarni saqlab turibdi.
Tramp Xitoyning yordami kerakmasligini aytdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruşni tugatiş uçun Xitoyning yordamiga ehtiyoji yöqligini aytdi.
«Eron masalasida bizga biron-bir yordam kerak deb öylamayman. Biz tinç yöl bilanmi yoki boşqaça, baribir ğalaba qozonamiz», dedi Tramp Pekindagi muhim sammit oldidan.
Öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganiga bir oy bölgan bölsa-da, tomonlar uruşni butunlay töxtatiş masalasida heç qanday siljişga erişa olmadi.
Manbalarga köra, Eron mintaqadan neft va suyultirilgan tabiiy gazni taşiş böyiça Iroq va Pokiston bilan kelişuvlar imzolab, Hörmuz böğozi ustidan öz nazoratini mustahkamlayapti. Boşqa davlatlar ham şunga öxşaş bitimlarni körib çiqmoqda, bu esa Tehronning suv yöli ustidan nazoratini doimiy asosda qonuniylaştirişi mumkin.
















