Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ga tegishli omonat mablag‘ini qalbaki hujjatlar orqali qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, bank xodimlari mablag‘ni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda 228-moddasi — hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ish doirasida tegishli tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar holatga aloqador barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.