Moskvadagi parad atrofida mojaro avj olgani esingizda bölsa kerak. Unda aytarli muhim voqea sodir bölmadi, lekin baribir bu mavzuga töxtalsak arziydi. Zelenskiy paradga «ruxsat berib» farmon çiqargani, Putin uruş tugayotganini aytgani e’tiborga molik voqealar böldi.
Zelenskiy «ruxsati»
Prezident Zelenskiy 8 may kuni şov-şuvli farmon çiqardi. Unda Moskvada ötadigan ğalaba paradiga «ruxsat berilişi» aytilgan. Buning nomini troll deyişadi. Faoliyatim davomida önlab davlat rahbarlarining turli mazmundagi farmonlarini tarjima qilganman, lekin bunaqa troll-farmonni birinçi öqişim. Zelenskiy baribir söz ustasi, sözdan qanday foydalanişni biladi.
Farmonda aynan şunday deyilgan:
«8 may kuni Amerika tomoni bilan ötkazilgan muzokaralarda köp tilga olingan humanitar maqsaddagi iltimoslarni inobatga olib qaror qilaman:
1. 2026 yil 9 may kuni Rossiya Federatsiyasi Moskva şahrida parad ötkazişga ruxsat berilsin. Parad paytida (Kiyev vaqti bilan 10:00 dan boşlab) Qizil maydon hududi Ukraina qurollari qöllaniş rejasidan çiqarilsin (qarorda Qizil maydon koordinatalari ham keltirilgan).
2. Uşbu farmon imzolangan kundan boşlab kuçga kiradi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. 2026 yil, 8 may».
Ya’ni Ukraina prezidenti öz farmoni bilan Rossiyaga öz poytaxti Moskvada parad ötkazişga ruxsat berdi. Esingizda bölsa, avvalroq Zelenskiy Rossiya harbiy bazasi joylaşgan Armanistondan turib «Moskvadagi paradda heç nima qilmaslikka kafolat bermasligini» aytgandi. Şundan keyin Moskva Kiyevga turli tahdidlar qila boşladi. Oxiri işga Amerika tomoni aralaşdi-da, Kiyevdan jim turişni söradi.
Şunda ham Zelenskiy kuçli yuriş qildi deyiş mumkin. Axborot makonida har qanday qurolli hujumdan kuçliroq effekt berdi bu troll-farmon. Axir Ukraina Qizil maydongaça dron uçira olişini uruş boşidayoq isbotlab bölgan, ukrain droni Kreml tomigaça yetib borib portlagandi.
Putin «uruş tugayotganini» aytdi
Rossiya prezidenti Putin parad yakunida rossiyalik jurnalistlar savollariga javob berarkan uruş yakunlanib qolganini aytdi, lekin bu nimani anglatişini har doimgidek heç kim tuşunmadi. Rossiya prezidenti navbatdagi marta Zelenskiy bilan Moskvada uçraşişga tayyorligi, faqat yuzma-yuz uçraşuv barçasi hal bölgaç amalga oşişini aytdi. Barçasi hal bölgaç, degani nima ma’no anglatişini ham tabiiyki Kremldan boşqa heç kim bilmaydi.
















