Ma’lum qilinişiça, mazkur platforma 2020 yilda Özbekiston taşabbusi bilan mintaqa xotin-qizlarini qöllab-quvvatlaş, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oşiriş maqsadida taşkil etilgan. Qisqa vaqt içida u gender tenglik va barqaror rivojlanişni ilgari surişga qaratilgan muhim norasmiy mintaqaviy koalitsiyaga aylangan.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva oçib berdi. U öz nutqida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning davlat boşqaruvidagi iştirokini kengaytiriş va salohiyatini qöllab-quvvatlaş mintaqa taraqqiyoti uçun muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.



Tadbir doirasida ayollarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi roli, zamonaviy tahdidlar, sun’iy intellekt, ekologiya, barqaror rivojlaniş va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilar global iqlim özgarişi, suv tanqisligi va raqamli transformatsiya şaroitida ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion yeçimlar ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.

Şuningdek, “Ilm-fanda ayollar yetakçiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yeçimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusida olima ayollar forumi ham bölib ötdi. Forumda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon olima ayollari örtasida barqaror ilmiy hamkorlik platformasini yaratiş, tajriba almaşiş va qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Muhokamalar davomida ilm-fanni moliyalaştiriş, innovatsion infratuzilmani rivojlantiriş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va ayollar uçun ilmiy sohadagi institutsional tösiqlarni bartaraf etiş böyiça takliflar bildirildi.