Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lashkarakda noqonuniy ishlagan ziplaynda ikki kishi to‘qnashib ketdi
Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi tog‘li hudud – Lashkarakda ziplayn uchgan ikki kishi to‘qnashib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, to‘qnashgan odamlar jarohat olmagan, ziplaynning o‘zi esa noqonuniy faoliyat yuritib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
Hodisa videolari 14 may kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda noma’lum sababga ko‘ra ziplayn (trosli tushish attraksioni) trosida to‘xtab qolgan bir kishiga ortidan kelayotgan ikkinchi odam kelib urilganini ko‘rish mumkin.
Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur attraksion tegishli tashkilotlarning hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz, noqonuniy faoliyat yuritib kelgan.
FVV xabariga ko‘ra, “Lashkarak” MFYdagi bu ziplayn 2026 yil 15 yanvar kuni o‘rganilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan va uzilgan, lekin ziplayn faoliyati o‘zboshimchalik bilan yana tiklab olingan.
14 may kuni hodisa joyiga FVV va boshqa idoralar vakillari yetib borgan. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, ziplayn demontaj qilinib, attraksion faoliyatini tashkil etgan fuqarolarga nisbatan jarima qo‘llanilgan.
“Fursatdan foydalanib, FVV mutaxassislari fuqarolarni tegishli davlat idoralaridan rasmiy ruxsat olmasdan, noqonuniy faoliyat olib borayotgan attraksionlarda uchmaslikka chaqiradi.
Hurmatli fuqarolar, noqonuniy faoliyat olib borayotgan attraksionlardan foydalanish orqali o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘yayotganingizni unutmang”, – deyiladi FVV bayonotida.
Mavzuga oid
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
16:35 / 27.02.2026
3 xil tovlanuvchi archazor, go‘zal sharshara: Lashkarakdan fotoreportaj
11:00 / 22.02.2026
3 xil tovlanuvchi archazor, go‘zal sharshara: Lashkarakda bir kun
13:50 / 11.11.2025