Endi rossiyaliklar viza oliş uçun hujjatlarni şaxsan topşirişi, pasport va onlayn röyxatdan ötganlik tasdiğini körsatişi şart böladi. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ma’lumotiga köra, faqat ayrim akkreditatsiyalangan turfirmalarga istisno saqlab qolingan. Biroq buning uçun mehmonxona, aviaçipta va suğurtani öz içiga olgan töliq turpaket sotib oliş talab qilinadi.

ATOR fikriça, yangi çeklovlar rossiyaliklarning yozgi mavsumda Italiyaga safarlarini qiyinlaştirişi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, Moskva va Moskva viloyatida yaşovçilar viza markaziga iyun oxirigaça navbat ololmasligi mumkin. Hududlardagi fuqarolar esa iyulgaça kutişga majbur bölişi ehtimol qilinmoqda.

Viza körib çiqiş muddati bilan birga jarayon tört oygaça çözilişi mumkin. Şuningdek, hujjatlar avvalgidan ham qattiqroq tekşirilişi aytilmoqda.

ATOR ma’lum qilişiça, 12 may kuni talab keskin oşgan paytda ayrim vositaçilar hujjat topşiriş xizmatlari uçun 100 ming rublgaça narx söragan. Keyinçalik bu takliflar bekor qilingan.

Bir neça kun oldin Italiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Pergabriele Papadia de Bottini di Sant-Aneze hibsga olingani ma’lum böldi. Tergov versiyasiga köra, u rossiyaliklarga şengen vizalarini noqonuniy tarzda olişga yordam bergan.

56 yoşli diplomat va uning yordamçisi Tatyana Tarakanova qöşimça 4 mingdan 16 ming yevrogaça pul evaziga hujjatlari talablarga javob bermaydigan rossiyaliklarga uzoq muddatli şengen vizalarini rasmiylaştirib bergani aytilmoqda.

Italiyaning Il Fatto Quotidiano va La Repubblica naşrlari xabariga köra, şu yöl bilan kamida 95 nafar rossiyalik Italiyaga noqonuniy kirgan bölişi mumkin.

Tergov ma’lumotlariga köra, sxemaga Moskvadagi uçta turfirma jalb qilingan. Ayrim viza arizalari Telegram orqali qabul qilinib, rasmiy tartiblardan taşqari rasmiylaştirilgan.

Qonunbuzarliklar 2025 yil iyulida aniqlangan. Hozirda tergovçilar 400 ga yaqin viza işini va Papadiaga tegişli taxminan 3 million yevrolik aktivlarni tekşirmoqda. Diplomat esa bu mablağlarni meros orqali olganini aytmoqda.