O‘zbekiston | 12:00
754
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UDEA - raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga qabul boshlandi

O‘zbekistonda «ta’lim + ish tajribasi» modeli kuchaymoqda. Mehnat bozori yosh kadrlardan endi faqat diplomni emas, kirib kelish kunidanoq amaliy tajribani talab qilmoqda. UDEA bu modelni O‘zbekistonda joriy etayotgan oz sonli oliygohlardan biridir. "Agrobank" ATB tomonidan moliyalashtiriladigan to‘liq grantlar, o‘quv jarayoniga kiritilgan haq to‘lanadigan amaliyot mavjud. Bitiruvchilarga Coventry University (Buyuk Britaniya) diplomi beriladi.

Foto: UDEA

Jahon banki 2024 yilgi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bitiruvchilarning o‘rtacha 41 foizi ta’lim olgan yo‘nalishidan tashqari sohada ish topishga majbur bo‘lmoqda. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, ish beruvchilarning 75 foizi «universitet bilimlari real ish jarayonlariga to‘liq mos kelmaydi» deb hisoblaydi. O‘zbekiston statistika hisob-kitoblariga binoan, so‘nggi yillarda mamlakat bitiruvchilarining qariyb 60 foizi diplom olganidan keyin ish topishda jiddiy qiyinchilikka uchragan.

Bu — global tendensiya. Va aynan shu tendensiyaga javob sifatida O‘zbekistonda yangi avlod xususiy oliygohlari ta’lim modelini qayta qurmoqda.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) — Coventry University (Buyuk Britaniya) bilan strategik sheriklik asosida faoliyat yurituvchi xususiy oliy ta’lim muassasasi — bu yo‘nalishda muayyan model taklif etmoqda. Universitetning yondashuvi uch tarkibiy qismdan iborat.

Birinchi — xalqaro standartdagi diplom

Bitiruvchilarga Coventry University (Buyuk Britaniya) diplomi beriladi. Coventry QS World University Rankings bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 600 universiteti qatorida, yosh universitetlar reytingida TOR-23 o‘rinda, Britaniyaning TEF (Teaching Excellence Framework) tizimi bo‘yicha esa eng yuqori — Oltin darajasi bilan taqdirlangan.

Ikkinchi — to‘liq moliyalashtirilgan grant

"Agrobank" ATB tomonidan 2026–2027 o‘quv yili uchun UDEA talabalari uchun to‘liq moliyalashtirilgan 4 yillik grantlar ajratilgan. Grant ta’lim to‘lovi va butun o‘quv davri uchun bepul yotoqxona joyini qoplaydi. Talaba o‘quv to‘lovi sifatida hech qanday mablag‘ ajratmaydi.

Uchinchi — o‘quv jarayoni doirasidagi real ish tajribasi

UDEA talabalari o‘qish davomida "Agrobank" ATB tizimi va sheriklik kompaniyalarida amaliy ish jarayonlarida ishtirok etadi. Bitiruvchilar uchun "Agrobank" ATB tarmog‘ida ish bilan ta’minlanish kafolati nazarda tutilgan. Bu yondashuv «ta’lim — amaliyot — birinchi ish joyi» zanjirini bir universitet ichida birlashtirishga qaratilgan.

«Bizning vazifamiz — talabaga shunchaki diplom emas, balki ishonchli karera trayektoriyasi taqdim etish. O‘quv jarayonining o‘zi real biznes muhiti bilan parallel qurilgan bo‘lsa, bitiruvchi mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida kiradi. Bu — zamonaviy oliy ta’limning yagona ishlaydigan modeli» — UDEA rektori, i.f.d., professor Rustam Abduraupov.

 Open Day — 15 may

Universitet 15 may kuni navbatdagi Ochiq eshiklar kunini o‘tkazadi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagilarni bevosita oladi:

  • Ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil taqdimot;
  • "Agrobank" ATB granti uchun ariza topshirish bosqichlari;
  • Qabul jarayoni shartlari va dedlaynlar;
  • UDEA talabalari va bitiruvchilari bilan jonli muloqot;
  • Kampus, o‘quv bazasi va yotoqxonalar bilan tanishuv.

Tadbir manzili: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Boshliq ko‘chasi 3-uy.

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot:

+998 78 888 08 00 | [email protected] | www.udea.uz

UDEA haqida

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) — "Agrobank" ATB tashabbusi bilan 2022 yil 7 yanvarda tashkil etilgan xususiy oliy ta’lim muassasasi. Universitet 2023 yildan beri Coventry University (Buyuk Britaniya) bilan strategik sherikchilikda faoliyat yuritadi.

#UDEA #"Agrobank" ATB #CoventryUniversity #OliyTa’lim #MehnatBozori #OpenDay

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid