Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga köra, hujum oqibatida kamida 47 kişi jarohat olgan, ularning ikki nafari bolalardir. Kiyev şahar hokimi Vitaliy Kliçkoning bildirişiça, jabrlanganlardan 27 nafari şifoxonalarga yotqizilgan.
Kiyevning janubi-şarqidagi Darnitskiy tumanida köp qavatli turar joy binosining bir qismi qulagan. Qutqaruvçilar vayronalar orasidan 28 kişini tirik olib çiqqan.
Şu munosabat bilan 15 may kuni Kiyevda motam e’lon qilindi. Bu kuni şahardagi barça kommunal binolarda davlat bayroqlari tuşiriladi. Davlat va xususiy taşkilotlarga ham bayroqlarni tuşiriş tavsiya etilgan. Şuningdek, barça köngiloçar tadbirlar taqiqlangan.
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa Rossiyaning mazkur hujumi munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini çaqiriş taşabbusi bilan çiqqanini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiyaning Ukraina fuqarolari va gumanitar xodimlarga qarşi harakatlari xalqaro hamjamiyatning keskin munosabatini talab qiladi.
Hujum natijasida Kiyevning turli hududlarida yonğinlar va vayronalar kuzatildi. Dnipro tumanida dron parçalari beş qavatli uy tomiga tuşib, yonğin kelib çiqqan. Şuningdek, xususiy uy ham dron zarbasiga uçragan.
Şaharning şimolida esa dron bölaklari köp qavatli uyning 12-qavatidagi xonadonga tuşib, yonğin keltirib çiqargan.
Şevçenko, Solomenskiy va Obolon tumanlarida noturar binolar şikastlangan. Solomenskiy tumanida biznes markaz yonidagi avtoturargohda avtomobil yongan. Darnitskiy tumanida esa kiçik savdo inşootlari va yoqilği quyiş şoxobçasida yonğin çiqqan.
Kiyevning Goloseyevskiy tumanida dron bölaklari biznes markaz va avtomobil yöliga tuşgan.
Ukraina Qurolli kuçlari havo kuçlari ma’lum qilişiça, Rossiya tomonidan boşqa hududlarga ham raketa, dron va boşqariladigan aviatsiya bombalaridan foydalanilgan. Xususan, Xarkiv, Poltava, Sumi, Donetsk, Odessa, Mikolayiv, Dnipropetrovsk va Çerkassi viloyatlari hujumga uçragan.
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kişi halok böldi
13:42 / 15.05.20266 5963 min
Rossiya qöşinlarining Kiyevga raketa va dronlar yordamida uyuştirgan ommaviy hujumi oqibatida kamida 21 kişi halok böldi. Qurbonlar orasida uç nafar bola ham bor. Ukraina poytaxtida 15 may motam kuni deb e’lon qilindi.













