Agentlikka köra, 2021 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda har yili örtaça 7 ming kişi korrupsiyaviy jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilgan.

“Korrupsiya kasalligi” 31 yoşdan keyin kuçayadi

Tahlillarga köra, korrupsiya jinoyatlari içida eng köp uçraydigan tur – özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişdir. Bu turdagi jinoyatlar umumiy korrupsiya holatlarining 33 foizidan ortiğini taşkil etmoqda. Ya’ni har yili örtaça 2,5 mingdan ortiq holat davlat yoki taşkilot mablağlarini “içkaridan” özlaştiriş bilan boğliq.

Undan keyin mansab vakolatidan foydalangan holda firibgarlik va mansab soxtakorligi keladi. Pora beriş jinoyatlari esa umumiy holatlarning 13 foizini taşkil etadi. E’tiborlisi, jamoatçilik eng köp muhokama qiladigan pora oliş jinoyati statistikada nisbatan past uluşga ega: har yili örtaça 200 nafar atrofida şaxs pora oliş uçun javobgarlikka tortilmoqda.

Korrupsiya jinoyatlarining asosiy qismi 31-49 yoş oraliğidagi şaxslar hissasiga töğri keladi. 2025 yildagi holatlarga köra, korrupsiya jinoyatlarining 67 foizi aynan şu qatlam tomonidan sodir etilgan. Bu – insonning kasbiy faoliyati eng kuçaygan, qaror qabul qiliş imkoniyati oşgan va ta’sir doirasi kengaygan davr hisoblanadi.

Ayniqsa, pora oliş jinoyatlarining 76 foizi, talon-toroj holatlarining 66 foizi hamda mansab bilan boğliq firibgarliklarning 67 foizi aynan şu yoşdagilar hissasiga töğri kelgan.

18-30 yoşdagilar umumiy korrupsiya jinoyatlarida 14 foizni taşkil etgan bölsa-da, pora beriş holatlarida yoşlar uluşi 23 foizga çiqadi. Bu esa korrupsiya faqat “oluvçi” orqali emas, balki tizimga tezroq kirişga urinayotgan “beruvçi” muhit orqali ham yaşab qolayotganini körsatadi.

Tahlildagi eng muhim signallardan biri – ma’lumot darajasi bilan boğliq. Özbekistonda jinoyat sodir etgan şaxslar içida oliy ma’lumotlilar uluşi örtaça 20 foiz atrofida bölsa, korrupsiya jinoyatlarida bu körsatkiç 70 foizdan oşadi. Ya’ni, korrupsiya köp hollarda bilimsizlik emas, aksinça, tizimni yaxşi tuşunadigan, huquqiy va moliyaviy mexanizmlarni anglaydigan şaxslar tomonidan sodir etilmoqda.

Korrupsionerlarning 70 foizi oliy ma’lumotli, 19,6 foizi örta maxsus va 10,4 foizi örta ma’lumotli şaxslar hisoblanadi. Bu raqamlar korrupsiyani “qaşşoqlik jinoyati” sifatida emas, imkoniyat va vakolat jinoyati sifatida köriş kerakligini anglatadi.