2026 yilda Qurbon hayiti 27 may, çorşanba kuniga töğri kelmoqda.

Demak, 2025 yil 24 dekabr kuni imzolangan prezident farmonida belgilangan sanalardan kelib çiqilsa, 27 maydan boşlab barça xodimlar 5 kun dam olişadi.

Farmon bilan, 28–29 may (payşanba–juma) kunlari barça uçun qöşimça dam oliş kunlari, 30 may, şanba kuni esa 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni deb belgilangan.

Natijada oy oxirida iş haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:

  • 27 may, çorşanba – Qurbon hayiti;
  • 28 may, payşanba – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
  • 29 may, juma – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
  • 30 may, şanba – haftada 6 kun işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni, haftada 5 kun işlaydiganlar uçun odatiy dam oliş kuni;
  • 31 may, yakşanba – barça uçun odatiy dam oliş kuni.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalidan olingan surat

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning hisoblaşiça, 2026 yil may oyida haftasiga 5 kun işlaydiganlar 14 kun, haftasiga 6 kun işlaydiganlar esa 10 kun dam oladi.

“Bu – sönggi yillardagi eng köp dam oliş kunlaridan iborat bölgan oy. Yaqin yillarda bunaqasi bölganini eslolmayman”, – deydi u.